Part 3, 2
3
.03.2022
bevosita qaramligini ham kuchaytiradi. Hozirgi fan texnika inqilobi davrida insonning tabiat
boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari g‘oyat kengayadi. Shu bilan birga sanoat ishlab
chiqarishning tabiatga va atrof muhitga xavfli zararli tasiri ancha ortadi. Keyingi 100 yilda
insoniyat energetika boyliklarini ming barobar ko ‘paytirdi. Bu esa unga tabiatga jiddiy va
oqibatlari uzoqqa cho‘ziladigan tasir o‘tkazish imkonini beradi. Fan texnika inqilobi
davomida bu ko‘rsatkichlar yana o‘ib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va
xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda 2 barobarga ortmoqda. Shunga muvofiq
ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni bulg‘ovchi xo‘jalik faoliyati chiqindilari
miqdori ham ikki barobar ko‘paymoqda. Ishlab chiqarish tabiatdan 100 shartli birlikni oladi,
lekin 3-4 qismidan foydalanadi xolos. Qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar
ko‘rinishida atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan
mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shundan
ayrim hollarda 1-1.5 % etmasa istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa
ko‘pincha tabiat uchun ham xavfli bo‘lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga
olib keldiki, birinchidan, biosferaning harakat qilish jarayonlari jadallashadi; ikkinchidan
biosferaning materiya va energiyaning yangi ko‘rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy
ko'rinishda bo‘lmaydi; uchinchidan, tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi
yo‘nalishlari harakatga ega bo‘lib boradi. Jamiyatning tabiat bilan munosabatlaridagi
uygunlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi muammolarni qo‘yaversa, bora-bora
muammolar ham ko‘ndalang bo‘ladi. Hozir atrof muhitga ta’sir o‘tkazishning asosiy
yo‘nalishlari - bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori
sur’atlarda o‘sishi, moddiy iste’molning yuqori darajadaligi deb hisoblanmoqda. Keyingi
yillarda ilgari ma’lum bo‘lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o‘ziga
xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bolgan
genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari
bo‘lmagan kimyoviy moddalar massasini ko‘payishidan avj oladigan zaharlanishi-allergik
kasalliklar shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof muhit aholining sog‘ligini va umuman
inson rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o‘ynadi. Sog‘liqni yaxshilash va
mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratilsa, uning ta’sirini hazm qilish mumkin.
Ijtimoiy guruhda odamlar birligi tarixiy shakllari oila, ishlab chiqarish jamoasi, kasbkorlar
guruhi, millat, davlat, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli darajalarda aloqalar va
munosabatlarning ijtimoiy tizimini chuqur urganmasdan inson ekologiyasini tushunib
bo‘lmaydi. Ekologik vaziyat turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda jamiyat va tabiatning
o‘aro ta’siri aniq shakllarining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Organizm bilan
atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat moslashuv negizida ro‘y beradi. I.P.Pavlovning fikricha,
jonzot eng umumiy tavsifi shundan iboratki u o‘zining muayyan o‘ziga xos faoliyati bilan
“International Scientific and Practical conference "Topical Issues of Science”