Va amaliy asoslarining mazmuni hamda mohiyati yoritilgan


O‘qitishda ta’limiy metodlarning tasnifi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix05.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#152479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
o-qitishda-ta-limiy-metodlarni-muvofiqlashtirishning-ilmiy-nazariy-asoslari

O‘qitishda ta’limiy metodlarning tasnifi. 
O‘zbekiston Respublikasining 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida ta’lim-
2
B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Т.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 92-
93betlar. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1079 
w
z
www.oriens.u
May
2022
 
tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan 
mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ulug‘vor vazifalar qo‘yilgan
3

Mazkur vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, ta’lim-tarbiya usullarini 
takomillashtirish, yangilarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishni amalga 
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika fanida ta’lim metodlarini va usullarini tasnif etish masalalari ham 
alohida muammo sifatida o‘rganilgan. Turli yillarda faoliyat ko‘rsatgan turli 
tadqiqotchilar tomonidan ta’lim metodlari turlicha tasnif etilgan. Ya’ni, pedagogikada 
o‘qitish metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi 
olimlar o‘qitish metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olgan bo‘lsa, 
ayrimlari esa o‘qituvchi faoliyatini, uchinchi guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini 
e’tiborga olgan. O‘qitish usullariga bunday qarashlarning ko‘p va rang-barang 
bo‘lishi tabiiy, chunki o‘qitish metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot 
mazmuni bilan ham, O‘qituvchi hamda o‘quvchi faoliyati bilan, bilim va malakalar 
bilan, qolaversa, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish ishlari bilan 
bog‘lik bo‘lgan tushuncha sanaladi. Shu bois ta’lim metodlarini tasnif etish bo‘yicha 
yagona yondashish mavjud emas. 
Didaktikada ta’lim metodlarini bilimlar manbai, didaktik maqsadlar, bilish 
faoliyatining saviyasi bo‘yicha farqlash mavjud. Ta’lim metodlarini bilish manbalari 
bo‘yicha tasniflash sodda jarayon bo‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. 
Masalan, taniqli pedagog olimlardan S.I. Perovskiy, Ye.Ya.Golant va boshqalar 
o‘qitish usullarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. O‘qituvchi 
nutqi, ko‘rgazma qurol, darslik hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ta’lim manbai 
sifatida ekanligini O.Roziqov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Umumiy didaktika” 
o‘quv adabiyotida alohida ta’kidlangan. Didaktikada ta’lim jarayonining turli 
bosqichlarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, o‘qitish usullarini tasnif 
etish g‘oyasi ham mavjud. Masalan, Yu.K.Babanskiy tahriri ostida chiqarishgan 
o‘quv qo‘llanmasida berilishicha M.A.Danilov, B.P.Yesipovlar o‘qitish usullarini 
quyidagicha tasnif etgan: 
-bilimlarni o‘rganishga oid usullar; 
-ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari; 
-bilim va malakalarni tadbiq etish usullari; 
-ijodiy ishlash usullari; 
-bilim va malakalarni mustahkamlash; 
-tekshirish usullari. 
3
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni 2020 yil 20-sentabr 



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin