Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
o‘rganilayotgan, maktab, mahalla va ko‘chalarga nomlari qo‘yilgan Alixonto‘ra Sog‘uniy 
va uning singari ko‘plab allomalarning har tomonlama chuqur asoslangan Vatan ozodligi
milliy mustaqillik uchun kurash g‘oyalarini tarix kitoblarida keltirish maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi. O’zbek tili va adabiyoti darsliklariga Alixonto‘ra Sog‘uniyning Vatanni, ilmni, 
o‘zligimizni ulug‘laydigan she’r va dostonlaridan parchalar ham kiritilsa farzandlarimiz 
tarbiyasi uchun foydali 6o‘lardi. 
O’zbek millatiga mansub ekanmiz, uning kelajagi uchun hammamiz mas’ulmiz. Shu 
sababli millatimizning istiqbol tomon harakatida yo‘l ko‘rsatkich shamchiroqlaridan 
bo‘lgan Alixonto‘ra Sog‘uniy haqida jamiyatimiz, birinchi navbatda, uning ongli qismi 
ziyolilarimiz umumiy, asosli bir fikrni bildirganlarida nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi. 
Asarda yozilishicha, otamlar bobomlarni jallodlar qo‘lidan tun qorong‘usida qochirgan 
ekanlar va ul zotning vasiyatiga binoan tarix kitobining davomini yozishga muyassar 
bo‘ldilar. Bizga bunday ulug‘ sharafli ishlar nasib qilmagan bo‘lsa ham, bu kitobni 
nashrga tayyorladim va uni to‘laligacha kompyuterga kiritdim. O’z xotiralarim, muallif va 
asar to‘g‘risidagi ayrim taassurotlarim haqida ojiz fikrimni bu yerda bildirdim. 
Yana shuni aytishim kerakki, muallifning o‘zi mazkur asarini qism yoki boblarga 
bo‘lmagan. Asarni sinchiklab o‘rganish va nashrga tayyorlash jarayonida uning 
mundarijasini berish lozim deb, uni taxminan 13 qismga bo‘lib nomladim. Asarda 
ko‘rsatilgan kursiv ajratmalar, tushunilishi qiyin so‘zlar, ayrim shaxs va joy nomlari 
uchun izohlar ham biz tomondan berilgan. Kitob muqovasidagi manzara ham muallifning 
asosiy g‘oyasini ifodalaydi. Hayotbaxsh Turonzaminda ulug‘ Turkiston eli qadim 
chinorining keyingi bo‘g‘in millatlari kallaklangani ko‘rsatilgan. Bu zaminga taxdid solib 
bulutli osmon tagida ikki buyuk davlat manfaatlari qoya bo‘lib turibdi. Ufqda ozodlik 
quyoshi tong otmoqda. Uning nurlarida kesilgan bo‘g‘inlar, albatta, ko‘karib o‘sishiga 
ulug‘ ishonch ramziy bildirilgan. 
Bu kitobni bosmaga tayyorlash va chiqarishda menga yordam bergan, ko‘maklashgan 
kishilarga minnatdorchilik izhor etishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman. 
Birinchidan, 6u kitobdan parchalar tayyorlab oldinroq xalqimizni u bilan tanishtirgan va 
bobomiz ilmiy meroslarini dunyoga tinimsiz targ‘ibot qiluvchi amakimiz 
Qutlug‘xonto‘raning xizmatlari kattadir. U kishiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. 
Hozirgi kunda bu kitobning turkcha tarjimasi Turkiyada u kishining boshchiligida amalga 
oshirilmokda. Ikkinchidan, qarib qolgan chog‘larida g‘ayrat qilib, bu asarni arab 
imlosidan kirillga o‘tkazgan va uni ukamiz Abdullaxon, jiyanimiz Ma’rufxonlar bilan 
birgalikda xatolarini to‘g‘rilab qayta bosgan akamiz Ahadxonto‘raga katta 
minnatdorchilik bildiraman. U kishining bu tashabbusi kitobning tezroq bosilishiga turtki 
bo‘ldi. O’g‘illari qishloq xo‘jalik fanlari doktori Furqatxon bobomizning bosh evarasi bu 
kitobning bosilishiga birinchi fidoyilardan bo‘ldi. Kitobni chiqarish uchun zarur bo‘lgan 
barcha moliyaviy masalalarda jonkuyarlik bildirib, yordamini ayamadi. Jiyanimning bu 
himmati va g‘ayrati uchun unga ko‘p tashakkurlar aytaman. Barcha amakilarim, 
ukalarim, jiyanlarim, o‘g‘lim va o‘rtog‘i Saidumar otamiz boshliq bu ishning har xil 
jarayonida o‘z maslahat va yordamlarini ko‘rsatdilar. Ularga va bu yerda nomlari 
aytilmay qolgan boshqa birodarlarimizga o‘z tashakkurlarimni ayturman. 
Alohida minnatdorchiligimni qo‘lyozmani ko‘rib chiqib, taqriz yozib o‘zlarining qimmatli 
maslahatlarini bildirgan O’zbekiston FA Tarix instituti direktori, professor D.Alimovaga, 
tarix fanlari doktori S.A’zamxo‘jaevga, arxitektura fanlari doktori P.Zohidovga va Tarix 
institutining yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Q.Rajabovga bildiraman. 
Tariximizning qorong‘u yillarida Vatanimiz ozodligi, millatimiz haq-ququqi uchun 
kurashgan bu ulug‘ zotning kelajak avlod uchun vasiyat qilib aytgan yolqinli so‘zlari 
xalqimizning o‘zligini anglashi, Vatan tuyg‘usining shakllanishi, g‘ururimizning 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin