Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
o‘z Vatanida turib g‘arib bo‘lgan Turkiston xalqini, ayniqsa, hozirgi va kelajak Vatan 
yoshlarini ogohlantirib, o‘lim uyqusidan uyg‘otishdir. Ko‘nglimdagi munglik qayg‘ularimni 
qalam tumshug‘idan to‘kib yozgan bu kitobimni o‘quvchi va ham eshituvchi vatanparvar, 
millatsevar qahramon bolalarimizga mening topshirig‘im shulki, tilim uchidan emas, 
dardlik dilim ichidan chiqarib yozgan yolqinlik so‘zlarimni faqat uqibgina o‘tmasdan har 
bir og‘iz so‘zini tekshirib, uning ustida fikr yuritsinlar. Insoniyat taraqqiyoti emas, 
madaniyat taraqqiyoti bo‘lmish XX asrimizdagi insonlar milliy, vataniy, diniy huquqlarini 
saqlash uchun qaysi narsalarni qo‘lga keltirishi zarur ekanligini yaxshi tushunib, uning 
chorasiga kirishsinlar». 
O’zining bu so‘zlariga amal qilib, Alixonto‘ra Sog‘uniy 1962 yildayoq ulug‘ sohibqiron 
Amir Temurning «Temur tuzuklari» nomli kitobini eski forsiydan o‘zbek tiliga tarjima 
qiladilar. Dastlab «Guliston» oynomasi sahifasida bu kitobning ko‘p qismi 1967 yili u 
kishining jur’atli kirish so‘zi bilan bosilib chiqadi. O’sha davrda «qonxo‘r Temur»ni oqlab 
yozish katta jasoratni talab qilar edi. Vaholanki, bobomiz sohibqiron Amir Temurni 
o‘zbek xalqiga tiriltirib berib ketgan edilar. Shundan bir yil keyin, ya’ni 1968 yili 
O’zbekiston Fanlar akademiyasining viqe prezidenti I.M. Mo‘minov ko‘pchilik tarixchi 
olimlar muhokamasidan o‘tkazgan holda «Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan 
o‘rni va roli» risolasida ehtiyotlik bilan u kishiga ijobiy baho berishga harakat qiladi. 
Shundan keyin O’zbekiston matbuotida deyarli 25 yil davomida bu mavzuda ma’lumot 
berilmaydi. Ajablanarli hol shundaki, 1991 yili «Temur tuzuklari» qaytadan kitob 
shaklida chop etilib, tarjimon bobomizning yoniga yana bir kishining ismi-sharifi qo‘shib 
qo‘yildi. Unga kirish so‘zi yozgan tarixchi olimning fikricha, bu «asarning muallifi ma’lum 
emas»mish. «Temur tuzuklari» feodalizm, hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini 
ko‘zlab yozilgan ...» asarmish. O’sha olimning keyingi yillarda Amir Temur haqida 
yozgan asarlarini o‘qib, bu kabi ko‘z-qarashlari ancha o‘zgarganidan xursand bo‘lasan 
kishi. Mustabid tuzumning yemirilgan davrida ham tarixchi olimlarimiz Alixonto‘raning 
birinchi bo‘lib ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temurni va uning shon-shuhratini himoya 
qilib ko‘rsatgan bu jasorati to‘g‘risida ochiq gapirishdan, tarixiy haqiqatni tiklashdan 
biroz hayiqdilar. 
Mustahkam iymon, buyuk e’tiqod, haqqoniy maslak egasi bo‘lgan, Vatanim 
Turkistonim deb qayg‘urib yig‘lagan, uning ozodligi, istiqboli uchun umr bo‘yi kurashgan, 
davr tuzumining siyosiy, iqtisodiy tazyiqlariga bardosh bergan insonlarni odatda 
millatning vijdoni deb bilishadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Alixonto‘ra Sog‘uniy 
1960—1980 yillarda ana shunday insonlardan bo‘lgan edi, deyishga to‘la haqlimiz. U 
kishining ta’limoti zamonamiz yoshlarini yuksak ma’naviyat, axloq, Vatanga muhabbat 
ruhida tarbiyalash imkonini yaratadi. Shunday ekan, umid qilamizki, minnatdor avlod 
o‘zining buyuk bobokalonlaridan bo‘lgan Alixonto‘raning Vatanimiz, millatimiz oldidagi 
xizmatlarini munosib taqdirlaydi, hayoti va ko‘p qirrali ijodini chuqur o‘rganadi, milliy 
tariximiz va adabiyotimiz sahifalarida ul zotning o‘z munosib o‘rni bo‘ladi, inshoalloh! 
O’tmish tariximizdagi buyuk bobokalonlarimizga uy muzeylari tashkil qilish imkoniyati 
bo‘lmagan bo‘lsa ham, yaqin yillarda yashab o‘tgan bu kishiga sharafli hayoti, ibratli 
ta’limoti haqida to‘la ma’lumot beradigan uy-muzeyi tashkil qilinsa yaxshi bo‘lur edi. Bu 
muzey u zot qanday sharoitda yashab millat ozodligi uchun kurashgan, dilida millat va 
Vatan ishqi yongan haqiqiy inson nimalarga qodir ekanini bildiradigan, kelajak avlod 
o‘g‘il-qizlarimiz tarbiyasi uchun oliy ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladigan bir tabarruk joy 
bo‘lur edi. 
Bobomlar biz farzandlari uchun bir vaqtda ustoz ham bo‘lganlar. Mening yoshlik, 
yigitlik davrim u kishining yonida, umrlarining oxirigacha tarbiyasida bo‘lish baxti bilan 
o‘tgan. 1964 — 1967 yillari u kishining qoshida norasmiy «Ong o‘stirish to‘garagi» 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin