202
birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini,
ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatsiya
qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
tashkil etildi.
Markaz - nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lib, Harakatlar strategiyasidagi
islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish,
davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash, jamoatchilik
nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini
o‘taydi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi aql markazi sifatida qisqa vaqt ichida o‘zida
Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tajribali, tahlilchi va
kuchli ekspertlarni jamlay oldi. 170 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari bilan
aloqa o‘rnatgan markaz xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga xalqaro aql markazlari
bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi. Xususan, 2019- yilda Markaz dunyodagi
eng yaxshi yigirmatalik reytingidan mustahkam joy olgan Italiyadagi “European
House - Ambrosetti”, 700 dan ortiq ekspertlarni o‘zida jamlagan Siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy tadqiqotlar institutlari hamda Fransiyadagi 46 yillik tajribaga ega va o‘z
safida kuchli mutaxassislarni jamlagan Tahlil, prognozlash va strategiya Markazi
(CAPS) kabi aql markazlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
2020-yilning mart oyiga qadar ekspertlik muhokamalarida 60 dan ortiq qonun
loyihalari o‘rganildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Qolaversa,
2019-yilning o‘zida markaz jamoasi tomonidan 100 dan ortiq tahliliy va mualliflik
maqolalari chop etildi hamda shuncha miqdorda OAV orqali lavha, ko‘rsatuv,
intervyu va suhbatlar keng omma e’tiboriga xavola etildi. 2020-yilda “Harakatlar
Strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va yuksak marralar”
nomli risola ham chop etildi.
Dostları ilə paylaş: