198
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, xalqaro moliya institutlari, Rossiya, Xitoy, AQSh,
Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi
davlatlar amaliy ko‘mak berib keldi.
2020-
yilda
mamlakatimizning
xalqaro
moliya
bozorlariga
chiqish
imkoniyatlari yanada yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so‘mlik davlat
yevro obligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
O‘zbekiston “Ochiq ma’lumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 pog‘onaga
ko‘tarilib, 44-o‘rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta
yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim
ahamiyat kasb etdi.
“Iqtisodiy erkinlik” reytingida ham mamlakatimizning 26 pog‘ona ko‘tarilgani
islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir e’tirof hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar,
koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida O‘zbekiston ochiq va
pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda. Xalqaro maydondagi qat’iy sa’y-
harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro‘-e’tibori tobora yuksalmoqda.
Mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson
huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi. 2020-yilda AQSh davlat
departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi
davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani ham keng ko‘lamli demokratik islohotlarning
e’tirofidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oliy minbaridan
O‘zbekiston ilgari surgan global va mintaqaviy tashabbuslar dunyo hamjamiyati
tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, qo‘llab- quvvatlanmoqda.
2020-
yilning 29-dekabrida Prezidentning Oliy Majlisga va xalqimizga
yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekiston tashqi siyosatida asosiy xorijiy sheriklar
hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya,
Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston,
Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli
aloqalarni yanada kengaytirish belgilab olindi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro miqyosda yangi qiyofaga ega bo‘lgan
O‘zbekiston paydo bo‘ldi, O‘zbekiston rahbari dunyoda yangi formatsiyadagi va katta
obro‘ qozongan arbob sifatida tan olindi, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro
ishonch ruhidagi munosabatlar rivoj topdi. O‘zbekistonning yangi mazmunga ega
bo‘lgan tashqi siyosiy faoliyati asoslari shaklandi, bu esa mintaqamizda tinchlik va
barqarorlik, samarali hamkorlikning asosiy garovidir.
Dostları ilə paylaş: