2.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi hamda jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzining ortib borishi.
1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to-la huquqli
sub’yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan
olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda
munosib o‘rin olishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993-yil fevral oyiga kelib
Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi
177
vakili etib tayinlandi.
O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga
kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global
muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda
tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro
tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995-yil
BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali
yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada
kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm,
terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezident muayyan
“olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va
barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va O‘zbekiston
“ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bo‘yicha kerakli xalqaro
kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish haqidagi
shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global muammo
ham ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Orol
dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojia, butun yer yuzini qamrab oladigan
biosfera, o‘nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli
ta’sir ko‘rsatuvchi global muammo” ekanligini ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning
tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab
berdi.
1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va
hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning
ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston rahbarining so‘zlagan nutqi
bosh hujjat sifatida qabul qilindi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning,
aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir
emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy
barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko‘pgina davlatlar
va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining
sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi
yig‘ilishlarda O‘zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi, BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining
tuzilishiga asos bo‘lgan edi (O‘zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston,
kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati). Ushbu guruhning
1999-yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki,
bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul
kuni “Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari
178
to‘g‘risidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida
tarqatildi.
2017-yilda Shavkat Mirziyoyevning ilk bor O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti sifatida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Mazkur
nutq O‘zbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, xalqaro xavfsizlik,
mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va umuman, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirish masalalarini qamrab oldi va BMTning Barqaror
rivojlanish maqsadlari bilan hamohang bo‘ldi.
Shuningdek, Prezident o‘z nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, Orol
fojiasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ma’rifat, diniy bag‘rikenglik masalalariga alohida
to‘xtaldi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”
tamoyilini xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif davlat
rahbarlari va delegatsiyalari o‘rtasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu tamoyil
50 dan ziyod davlatning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2018-yil 12-dekabr kuni BMT
tomonidan qabul qilindi. BMT Bosh kotibi A.Guterrish bilan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 10-iyunda Samarqand
shahridagi uchrashuvi va keyingi bir qator uchrashuvlar xalqaro nufuzli tashkilotning
O‘zbekistonning jahonda tinchlik va barqarorlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalarini
rivojlantirishdagi sa’y-harakatiga berilgan yuqori bahosidan darak beradi.
BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ko‘tarilgan masalalarning
yechimini topish amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib, bu jarayon 2017-yil 4-6-
dekabr kunlari Afg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi
doirasida o‘z aksini topdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy va
madaniy-gumanitar sohalarga oid qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston tomoni
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida e’tiborga molik tashabbuslar
bilan chiqdi. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilning
26-27-mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy
sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro
konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro
tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etdi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoni Hind
okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida
dastlabki amaliy qadamlar tashlandi. Bu loyihaning ro‘yobga chiqarilishi butun
mintaqada barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga beqiyos xizmat qiladi.
2018-yil 12-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi
bilan BMT Bosh Assambleyasining maxsus “Ma’rifiy va diniy bag‘rikenglik”
rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Uning asosiy maqsadi barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, savodsizlik
va jaholatga barham berish hamda jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror
toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish,
ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan.
2021-yil avgust oylarida O‘zbekistonning janubdagi qo‘shni davlati
Afg‘onistonda siyosiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston
179
hukumati tomonlarni murosa qilishga va afg‘on xalqining umummanfaatlaridan kelib
chiqib, siyosiy muloqot orqali ish ko‘rishga chaqirdi. O‘z navbatida, xalqaro tashkilot
va dunyo hamjamiyatini afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirib, aholiga
ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga oid bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish kerakki, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga
mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy
mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar
o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon
iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi,
Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va
boshqa moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni
yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan
muassasalar - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon
intellektual mulk tashkiloti, BMTning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr
aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada
qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro
aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat
ko‘rsatmoqda. BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan
YuNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari
muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston 1993-yil YuNESKOga
a’zo bo‘lgan edi. 1994-yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO
ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorlik
samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 1996-yilga kelib Toshkentda
YuNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va
YuNESKO tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bordi.
1996-yil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham YuNESKO
qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YuNESKO
Ijroiya kengashining 149-sessiyasida nutq so‘zladi. YuNESKOning Bosh direktori va
Fransiya Prezidenti ishtirokida YuNESKO qarorgohida “Temuriylar davrida fan,
madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi” ko‘rgazmasini ochdi.
O‘zbekiston bilan YuNESKOning o‘zaro hamkorligining kengayshi natijasida
YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000-yil
28-dekabrda esa Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shahrisabz bu
ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Bunday aloqalar, o‘z
navbatida, munosabatlarimizni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarib, hamkorligimiz
sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda
YuNESKO ishtirok etmoqda. Xususan, Amir Temur tavallud topgan kunining 660
yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al- Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk
shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi,
Samarqand shahrining 2750 yilligi, Toshkent shahrining 2200 yilligi, Marg‘ilon
shahrining 2000 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita
YuNESKO homiyligida o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu aloqalar yanada
kengaymoqda.
180
Xususan, 2018-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev Fransiya davlatiga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida YuNESKO
Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, birgalikda O‘zbekiston bilan YuNESKO
aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar.
2019-yil avgust oyining oxirgi o‘n kunligida YuNESKO Bosh direktori Odri Azule
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivalida
bevosita ishtirok etdi.
Dostları ilə paylaş: |