O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Eng yangi tarix kitob

4.
 
O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan aloqalari. 
Ma’lumki, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) shiddat bilan o‘zgarib 
borayotgan hozirgi zamonning eng dolzarb muammolarini samarali hal qilishda
xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda katta hissa qo‘shib kelayotgan 
nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Tarixiy o‘lchovlar bo‘yicha nisbatan qisqa 
muddatda Shanxay hamkorlik tashkiloti obro‘li, nufuzli xalqaro tuzilma sifatida 
shakllandi.1996-1997-yillari “Shanxay beshligi” nomi bilan tashkil etilgan hamda 
2001-yili O‘zbekistonning a’zo bo‘lib kirishi bilan “Shanxay hamkorligi tashkiloti” 
nomini olgan mazkur tuzilmaning asosiy maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro 
do‘stlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash hamda siyosiy, 
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, xavfsizlik, energetika
transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa ustuvor sohalardagi 
samarali hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Mustaqil O‘zbekiston 2001-yilning 
iyun oyida “Shanxay beshligi” deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay 
shahrida chaqirilgan Sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. Shundan 
keyin “Shanxay hamkorlik tashkiloti” nomi bilan yuritilib, hamkorlikning bosh 
maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida har tomonlama aloqalar o‘rnatishdan iborat bo‘lib, 
ayni paytda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tashkilotning faoliyat 
markazida turadigan bo‘ldi. 
O‘tgan 20 yil mobaynida mintaqaviy va xalqaro vaziyatda keskin o‘zgarishlar 
ro‘y berayotgan bir sharoitda ShHT o‘zini ko‘p tomonlama hamkorlikning ta’sirchan 
mexanizmi sifatida namoyon etmoqda. Qisqa davrda tashkilot salmoqli 
shartnomaviy-huquqiy bazaga ega bo‘ldi, institutsional jihatdan to‘laqonli tuzilma 
sifatida shakllandi, qator tarkibiy organlari tashkil qilinib, ularning barqaror faoliyati 
yo‘lga qo‘yildi. 
Bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlikni kafolatli ta’minlash, terrorizm, 
ekstremizm, ayirmachilik va giyohvand moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi 
kurashish tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Terrorizmga qarshi kurash 
qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari 
tashqi ishlar va mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinishi kelishib olindi. 
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotini terrorizm va ekstremizmga, 
narkotik va qurolning noqonuniy oborotiga, uyushgan jinoyatchilikka qarshi 
kurashishda hamkorlik uchun vosita sifatida baholaydi. O‘zbekiston uchun Shanxay 
hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot, jumladan, transport kommunikatsiyalarini 
qurish va qayta tiklash sohasidagi faoliyatini ham faollashtirish, Shanxay hamkorlik 
tashkiloti bilan hamkorlikdan manfaatdor boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar 
bilan aloqalarni rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. 
2005-yilning 2-iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida “Shanxay 


183 
hamkorligi tashkiloti”ning o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tkazildi. Sammitda doimiy 
a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi 
sifatida qatnashdi. Kengashda Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga 
kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Astana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va 
ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro 
iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning 
faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2005-2006-yillarda ShHTning Banklararo 
birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi. 2016- yil iyun oyida 
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTning yig‘ilishida Pokiston va Hindiston 
davlatlari tashkilot tarkibiga kiritildi. 
Mamlakatimizning 
so‘nggi 
yillarda 
ShHT 
doirasidagi 
faoliyatini 
tashabbuskorlik va pragmatizm tamoyillari ustuvor bo‘lib borayotgani bilan ifodalash 
mumkin. ShHT doirasida milliy manfaatlarimizga javob beradigan ko‘p tomonlama 
hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ilgari surilgan barcha taklif va tashabbuslarimiz 
mintaqadagi 
barqarorlik 
hamda 
hamkorlikni 
mustahkamlashning 
ustuvor 
yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi. 
Chunonchi, so‘nggi yillarda O‘zbekiston ShHT doirasida yangi hamkorlik 
platformalarini ishga tushirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Prezident 
farmoni bilan Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi ochildi. 2017-yil 9- 
iyunda Astanada (hoz. Nur-Sulton) bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari yig‘ilishida 
iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayot borasidagi qator masalalar bo‘yicha fikr 
almashilib, umumiy xulosalarga kelindi. 
Ushbu sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tashkilotga a’zo davlat rahbarlarini ShHT doirasida madaniy hamkorlik aloqalarini 
kuchaytirish hamda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan har tomonlama 
foydalanishga chaqirdi. Buning natijasi o‘laroq 2018-yilda Toshkentda Shanxay 
hamkorlik tashkilotining Halq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Haqiqatdan ham 
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Xalq diplomatiyasi markazini 
yaratish g‘oyasi, xalqaro vaziyatdagi beqarorlik va noaniqlik omillari hamda turli 
xatarlar sonining ko‘payishi fonida o‘ta dolzarbdir. Shu nuqtayi nazardan 
Toshkentdagi Xalq diplomatiyasi markazining faoliyati ShHT mamlakatlari 
o‘rtasidagi hamkorlikning xilma-xil imkoniyatlarini ochishga, o‘zaro ishonch, 
do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni 
mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari 
o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. 
Tashkilotga a’zo davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining 
uchrashuvlari mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm 
instituti barpo etildi. Bu poytaxtimizda muqaddam ochilgan Mintaqaviy aksilterror 
tuzilmasiga qo‘shimcha tuzilmalar sifatida O‘zbekistonning ahamiyatini yanada 
kuchaytiradi. 
2018-yil 9-10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik 
tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. A’zo davlatlar rahbarlari 
2017-yilgi Astana sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va 


184 
iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga doir 
birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan 
pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi. 
A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va tamoyillariga rioya etgan hamda 
“Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025-yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish 
strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. 
Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma sifatida qaror 
topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng uning salohiyati 
sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi. 
Umuman olganda, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston tomonidan 30 dan 
ortiq tashabbusni ilgari surdi. Bu ancha jiddiy va katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Eng 
muhimi, O‘zbekiston tashkilot doirasida o‘z tashabbuslarini shunchaki e’lon 
qilmasdan, balki ulami amaliy chora-tadbirlar orqali hayotga faol joriy etayotgani 
bilan ajralib turadi. 
ShHT Davlat rahbarlari kengashining 2020-yil oktabr oyida Rossiya 
Federatsiyasi raisligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida davlatimiz rahbari 
pandemiya sharoitida “Shanxay ruhi”ni mustahkamlashning muhimligiga katta 
e’tibor qaratib, global xatar va tahdidlami yaxshi qo‘shnichilik, teng huquqlilik, 
o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish yo‘li bilan yengish mumkinligini 
ta’kidladi. “Har birimiz kuchli bo‘lgan taqdirdagina, ShHT ham kuchli bo‘ladi, - deb 
alohida ta’kidladi Prezidentimiz. - Buning uchun bir-birimizni qo‘llab- 
quvvatlashimiz, kun tartibimizdagi asosiy masalalarga birgalikda murosa izlashimiz, 
ayniqsa, muhim ahamiyatga ega”. 
Mamlakatimiz ShHT faoliyatini yangi mazmun bilan to‘ldirish, mintaqalararo 
transport va tranzit yo‘laklarini yaratish, innovatsion va raqamli texnologiyalarni 
rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini izlash, iqlim va ekologik 
tahdidlarga qarshi kurashda a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarni birlashtirish kabi 
istiqbolli yo‘nalishlarga katta e’tibor qaratmoqda. 
O‘zbekiston ShHTning amaliy ahamiyatini va xalqaro obro‘sini oshirish uchun 
uning yangi kun tartibini shakllantirishga o‘z konstruktiv hissasini qo‘shishga 
tayyorligini namoyon etmoqda. 
ShHTning 2021-yil 16-17-sentabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan 
yubiley sammitida ShHTning 20 yillik faoliyatining asosiy natijalari, tashkilot 
doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari atroflicha 
muhokama qilinib, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tashkilot samaradorligini 
oshirish maqsadida 10 ta ustuvor vazifa ilgari surildi. Davlatimiz rahbari Dushanbe 
shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida tashkilot doirasida uyushqoqlik va o‘zaro 
qo‘llab-quvvatlashni yanada mustahkamlash, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni 
kuchaytirish, Afg‘onistondagi vaziyatga nisbatan kelishuvga asoslangan 
yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha dolzarb tashabbuslari qatorida, mintaqa 
parlamentlari va keng jamoatchilik darajasida xalq diplomatiyasini rivojlantirishga 
qaratilgan takliflarni ham ilgari surdi. 
Shular orasida mintaqada “xalq diplomatiyasi”da birgalikda erishilgan natijalar 


185 
ijobiy baholanib, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan mintaqa mamlakatlari hududlari 
o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma madaniy, fan-ta’lim, sport 
va boshqa tadbirlarni o‘tkazishdan manfaatdorlik alohida ta’kidlanib, shu maqsadda 
“ShHT Ezgu niyat elchisi” institutini ta’sis etish taklifi bildirildi. 
Ishonchimiz komilki, “ShHT ezgu niyat elchisi” instituti a’zo mamlakatlarning 
san’at, adabiyot, fan, musiqa va sport sohalaridagi mashhur arboblaridan tashkil topib, 
ular iste’dodi va bor kuch-g‘ayratini tashkilotga a’zo davlatlar hamda butun dunyo 
xalqlarining turmush darajasini oshirishda ShHT harakatlariga nisbatan jamoatchilik 
xayrixohligini oshirishga safarbar etadi. 
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, o‘tgan davrda ShHT o‘zini samarali 
mexanizm sifatida namoyon etib, siyosat va xavfsizlikdan iqtisodiy hamda ijtimoiy 
hamkorlikkacha bo‘lgan keng qamrovli masalalami o‘z ichiga olgan mintaqaviy 
muammolaming butun bir majmuini hal etishga qodir xalqaro forum sifatida jahon 
siyosat sahnasidan mustahkam o‘rin egalladi. Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan 
pandemiya esa ShHTga bo‘lgan ob’yektiv hayotiy zaruratni yanada oshirmoqda. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin