5.
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro hamkorlik aloqalari.
1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sovet ittifoqining barham topishi
munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning vujudga
kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya
davlatlari imzo chekdilar. 13-dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur
deb topdi. Natijada shu yili 21-dekabrda Almatida o‘tkazilgan uchrashuvda jami 11
davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini
tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga,
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘
tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-
tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi
chegarani muhofaza qilish;
-
umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumyevropa, YevroOsiyo
bozorini shakllantirish;
-
iqtisodiy islohot o‘tkazish;
-
bojxona siyosatini birga olib borish;
-
transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-
ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
-
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan
ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat
berilib, uning MDH doirasidagi hamkorligi yuzasidan quyidagi holatlar belgilab
berildi:
-
yangi mustaqil davlatlarning ko‘p yillar mobaynida tarkib topgan
munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib
186
kelishi mumkinligi;
-
respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan
sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida
bo‘lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o‘zaro aloqalarini uzib qo‘yishi ishlab
chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
-
MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish
respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda
totuvlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi;
-
mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorligi xalqaro maqomda o‘z mavqeyini
saqlab qolishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanishi.
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari
bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari,
tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro
iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona
va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi.
O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma
hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa
mamlakatlar bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam
asos yaratdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya,
Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham
1999-yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning
nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur
tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo- Kavkaz-Yevropa transport
yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi.
2001-yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda
O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni
mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ichki va tashqi siyosatida keskin
o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli
va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tish joizdir. Bu
ikki mamlakat o‘rtasida 1992-yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy,
iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
2003-
yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi
uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning “Gazprom” va
“Lukoyl” kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv
yuzasidan ishlayotgan korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish masalalari
muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSh
dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.
2004-
yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada
mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi.
O‘zbekistonga 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu
187
jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar,
Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha
bitimlar tuzdi. Shu yili 16 iyunda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida
bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa
masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300
tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya
qo‘shma korxonalari ishga tushdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin O‘zbekiston bilan o‘zaro
munosabatlarga to‘xtalib: “...biz har xil sohalarda munosabatlami rivojlantirishdan
manfaatdormiz” - degan edi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federatsiyasi bilan, balki Ukraina bilan
ham keng yo‘lga qo‘yildi. 1994-yili Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat
tashrifi bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining
o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi,
mineral xomashyo qazib olish, fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o‘zaro
hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan
aloqador bo‘lgan masalalar asosiy o‘rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy
aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. Leonid Kuchma o‘zining O‘zbekistonga tashrifi
davomida O‘zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo‘ldi. O‘z navbatida,
O‘zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat
o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300
million AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va
boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib bergan bo‘lsa, Ukrainadan O‘zbekistonga
texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 20 dan ortiq
o‘zbek-ukraina qo‘shma korxonalari ishlab turibdi.
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya
davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘z ishini boshladi.
Sammitda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi
cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun
axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida
faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish
masalalari muhokama etildi.
2017-
yildan boshlab, MDH davlatlari bilan o‘zaro munosabatlar yangi sifat
pog‘onasiga ko‘tarildi. Xususan, MDH davlatlari bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy
aloqalar hajmi 20 %ga ko‘tarildi. MDH davlatlarining 2017-yil 11-oktabrdagi Sochi
sammitida unga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining “Oila instituti va an’anaviy
oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha” bayonoti, Hamdo‘stlikda
2019-yilni Kitob yili, 2020-yilni 1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushida
qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi yili - deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va
qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish
sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi. Shuningdek, MDH
188
mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yana qator
hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy
Majlisga Murojaatnomasida mamlakatning 2020-yilda MDHga birinchi raisligi
strategiyasi haqida so‘z yuritib, jumladan, shunday degan: “Hamdo‘stlikda iqtisodiy
hamkorlikni kengaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlar natijadorligini
oshirish va ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida insonparvarlik aloqalarini yanada
mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni
ishga solamiz”. Bugungi kunda O‘zbekiston MDHda o‘z milliy koordinatori
darajasini Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosaridan Bosh vazir o‘rinbosarigacha ko‘tardi,
MDH Iqtisodiy kengashidagi o‘z ishtirokini tikladi.
2020-yilda O‘zbekiston ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga
raislik qildi va pandemiyaga qaramasdan, ko‘zda tutilgan 60 dan ziyod barcha xalqaro
tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi, 70 ga yaqin muhim hujjatlar qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama
hamkorlik o‘rnatish bilan bir vaqtda qo‘shni mamlakatlar bilan ham har tomonlama
aloqalarni rivojlantirdi.
1993-
yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo‘lib o‘tgan
uchrashuvidan so‘ng Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka
a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti
yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan
mahsulot tashish, zarur xomashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z
mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya
sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy
taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruhan,
urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar
o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida
qadimiy do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni
yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar
qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini uyg‘otib kelmoqda.
1994-
yil 10-yanvarda Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti
N.Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy
poydevorni qo‘ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo
etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan
Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin
o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet,
soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil
etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo‘lida imzolangan hujjatlar bo‘lsa
o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lib qoldi. Bu
shartnomaga Qirg‘iziston keyinchalik Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo
mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat
yaratdi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi
189
uchrashuvining yangi nuqtasi 1994-yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar
Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh Vazirlar kengashi,
Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. Kelishuvda
qatnashgan mamlakat vakillarining davlatlararo ijroiya qo‘mitasi Almati shahrida
joylashdi.
1995-
yil 15-dekabrda Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari davlatlararo
Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda
Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda
sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish,
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar.
Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi.
Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorolikning davomi Markaziy Osiyo
respublikalari prezidentlarining 1999-yil aprel oyida Cho‘lpon-Ota shahridagi
uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni barchaning diqqat e’tiborida
turgan Afg‘oniston hisoblanmish xalqaro terrorizm o‘chog‘ining xavfi masalasi
keskinligini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilish qatnashchilari hamda
BMTning butun xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga
qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston respublikasi
rahbariyati va jamoatchiligi I.A.Karimovni tojik xalqining og‘ir kunlarda yordam
beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari hamda do‘sti sifatida qabul qildi.
Prezident I.Rahmonov I.A.Karimovni tojik xalqining “boshidagi toji, ko‘zidagi nuri”
- dedi. Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Saraz
ko‘lining toshish xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor
qaratildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo‘lga
qo‘yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi
asosiy xavf Afg‘oniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi.
Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va
jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘ savdosi kabi muammolarni
kiritish mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro
terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining
2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston Prezidentining Do‘rmon
qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana ko‘tarildi. O‘zbekistonning xalqaro
terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazini tuzish haqidagi tashabbusi qo‘llab-
quvvatlandi. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy
ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida
hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va
O‘zbekiston respublikasi Prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida
erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish
to‘g‘risida kelishib olindi.
2002-yil 28-fevral-1-mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish
190
to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa
davlatlardan uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa
mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan
tadbirdir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati,
ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’i nazar davlatning tashqi
siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib
qoldi.
2016-
yil oxirlaridan boshlab O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zaro qo‘shni davlatlar
bilan chegara, savdo-iqtisodiy, madaniy, xo‘jalik aloqalarni yanada yaxshilash
bo‘yicha O‘zbekiston tomoni qator takliflar bilan chiqdi.
Xususan, 2017-yil davomida “Markaziy Osiyo tashqi siyosatning bosh ustuvor
yo‘nalishi doirasida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mintaqadagi
davlat rahbarlari bilan 20 ta uchrashuv va muzokara 8 ta davlat tashriflari, 4 ta amaliy
tashriflar uyushtirildi.
2017-
yildan boshlab Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston
davlatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasida
qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etildi.
2017-
yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shofeligida Markaziy
Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan xalqaro
konferensiya o‘tkazildi. Unda qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy,
AQSh va Yevropa Ittifoqidan yuqori martabali vakillar ishtirok etdi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasiga mintaqaviy
hamkorlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus rezalyutsiyasini ishlab
chiqish haqidagi tashabbus yuzasidan murojaatnoma qabul qilindi. Mintaqa davlatlari
rahbarlari darajasida muntazam maslahatlashuvlar tashkil etish haqidagi kelishuvga
erishildi.
Qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlar
natijasida mintaqada mutlaqo yangi do‘stona siyosiy muhit shakllanib, xalqlar
o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tashqi siyosatini olib borar ekan, qo‘shni
davlatlar bilan chegara masalasiga alohida yondashdi. Xususan, davlat chegarasini
qo‘shni mamlakatlar bilan belgilash borasida muzokaralarni davom ettirish
maqsadida 2017-2018-yillarda O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi qo‘shni
mamlakatlar bilan jami 63 ta, jumladan, Qozog‘iston bilan 17 ta, Qirg‘iziston bilan 27
ta, Tojikiston va Turkmaniston bilan 9 tadan va Afg‘oniston bilan 1 ta uchrashuv
muzokaralarini o‘tkazdi.
2018-
yil 15-martda Astanada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi
maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2017-yilning 10-
noyabr kuni BMT shafeligida Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona
tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik”
mavzusidagi xalqaro konferensiyada mazkur uchrashuvni o‘tkazish taklifini ilgari
191
surgan edi. O‘shanda bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro
tashkilotlar qo‘llab-quvvatlagan va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton
Nazarboyev birinchi uchrashuvni Astanada o‘tkazishni taklif qilgandi.
Oliy darajadagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi
Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Respublikasi Majlisi raisi Akja
Nurberdiyeva ishtirok etdi.
Uchrashuvni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev
ochdi. Sammitda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va
gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar
va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda
xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki
qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makon bo‘lib, bu omil mintaqada barqaror
rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlaming sanoat, investitsiya va intellektual
sohalardagi salohiyatini to‘la ishga solish imkonini beradi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari MDH, ShHT, Islom
hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar mexanizmlari doirasida
o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdi. Shuningdek,
mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-
gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli
masalalar ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarini ko‘p ming yillik
qardoshlik va yaxshi qo‘shnilik rishtalari bog‘lab turadi. Tarix, din, umumiy
madaniyat va an’analar birlashtiradi. Mintaqamizda dunyo tamadduni rivojiga ulkan
ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot mavjud bo‘lib, bu Markaziy Osiyo
mamlakatlarining umumiy kelajagi, barqaror rivojlanishi va farovonligini
ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘la oladi. Keyingi yillarda mintaqa davlatlari
yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo- iqtisodiy,
transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik
masalalarida o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Markaziy Osiyoni barqaror,
iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish yo‘lida
sobitqadam bo‘lmoqda. Davlatlar umummintaqa manfaatlaridan kelib chiqib chegara,
suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir masalalarga samarali yechim
topmoqda.
Jumladan, transport sohasidagi hamkorlik borgan sari kengaymoqda.
Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia, temir yo‘l va avtomobil qatnovi tiklandi.
Amudaryodan o‘tadigan Turkmanobod - Forob yangi temir va avtomobil yo‘llari
ko‘priklari ishga tushirildi. O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy temir yo‘li qurilishi
bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan mintaqa mamlakatlari ishbilarmon
doiralari hamda yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida ko‘plab uchrashuvlar
o‘tkazildi. Bu iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va o‘zaro savdo
192
hajmini oshirish imkonini berdi. O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar
aylanmasi o‘rtacha 20-30 foizga o‘sdi.
2019-
yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va
Turkmaniston respublikalari Bosh vazir o‘rinbosarlari ishtirokida birinchi
Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi o‘tkazildi. Bu esa davlatlaming o‘zaro savdo
hamkorligiga ijobiy ta’sir qilmoqda.
O‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilash maqsadida 2019-yildan boshlab,
Qozog‘istonda O‘zbekiston konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari
bo‘yicha atteshe lavozimi joriy etildi.
Yana bir jihat davlatlarning o‘zaro madaniy - gumanitar sohada hamkorligi
2019-yilda yanada mustahkamlandi. Xususan, Toshkent shahrida xorijiy va mamlakat
ekspertlari hamda olimlari ishtirokida “Markaziy Osiyo umumiy uyimiz” mavzusida
xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligini
mustahkamlash, madaniy - gumanitar sohada almashuvni kengaytirish, ikki
tomonlama aloqalarni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi rolini kuchaytirish, xalq
diplomatiyasini amalga oshirishda milliy madaniy markazlar va do‘stlik
jamiyatlarining ahamiyati hamda ular oldida turgan vazifalar va boshqa dolzarb
masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida
Qozog‘iston alohida o‘rin egallaydi. 2018-yilga kelib Qozog‘iston bilan o‘zaro
hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular orasida
“Abadiy do‘stlik” va “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi shartnomalar alohida o‘rin
egallaydi. Oxirgi yillarda bu hamkorlik aloqalariga katta ahamiyat berilib,
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi bir qator
uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 2017-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan Prezident
Sh.M.Mirziyoyevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini
yanada rivojlantirishda yangi sahifani ochdi. O‘zbekistonda qozog‘istonlik
investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shni
davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes sub’yekti faoliyat olib
bormoqda. 2017-yil Ostona va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan biznes-forumlar
natijasi bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi
kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy aloqalarni
yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo aylanmasi va
sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy - gumanitar aloqalar
rivojini ham kafolatlaydi. 2017-yilning sentabr oyida ikki davlat rahbarlari 2018-yilda
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili hamda 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini
o‘tkazishga kelishib olgan edi. Qozog‘iston Respublikasi 2018-yilni mamlakatda
O‘zbekiston yili deb e’lon qildi. Bu qozoq eli va Qozog‘iston davlatining o‘zbek
xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi ramzidir.
Erishilgan kelishuvlar asosida, Qozog‘iston chegara o‘tkazish punktlari (M-
39) faoliyati qayta tiklandi. “Toshkent - Olmata” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l
qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 2 mlrd. AQSh dollaridan ortiq hajmdagi savdo va sarmoyaviy
193
bitimlar imzolandi, shuningdek, hududlararo aloqalar tobora mustahkamlanib
bormoqda.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi faol hamkorlik
aloqalari va turli ko‘rinishdagi bitimlarning imzolanishi natijasida 2021-yilga kelib,
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegara chiziqlarini delimitatsiya
qilish ishlari yakunlandi. Qirg‘iziston bilan chegaraning 95 foizi kelishildi. Tojikiston
bilan chegaraning 99,9 foiz qismida kelishildi.
Biroq bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida bir qator tahdid va xavf-
xatarlar saqlanib qolmoqda:
Davlatchiligi zaif, iqtisodiy nuqtayi nazardan nobarqaror mamlakatlar
mavjudligi;
Mintaqaga radikal diniy oqimlarning tarqalish xavfi;
Xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotiklar oqimi;
Mintaqadagi geosiyosiy raqobat;
Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoni
tugatilmaganligi;
Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish muammolari;
Afg‘onistondagi vaziyatning mavhumligi.
Yuqoridagi masalalarni hal etishda mintaqa mamlakatlarining o‘zaro
birgalikdagi sa’y-harakatlari muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda respublika tashqi siyosatida o‘zaro hamkorlik, yaxshi
qo‘shnichilik, manfaatli munosabatlar, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarining
yanada rivojlantirilishi nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari, balki xorijiy
davlatlarning ham e’tiborini tortdi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Prezidentining
mazkur siyosati jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy e’tirof etildi. Xalqaro “The
Economist” jurnali talqini bo‘yicha 2019-yil yakunlariga ko‘ra Prezident
Sh.M.Mirziyoyev “Yil odami” deya e’lon qilindi.
Toshkent mintaqadagi barcha qo‘shni davlatlar bilan strategik hamkorlik
to‘g‘risida shartnoma tuzgan bo‘lib, bu yuqori darajada regional siyosat tuzish
imkonini beradi. Ushbu maqsadlarda amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatning
xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va rolini mustahkamlashda ham muhim
ahamiyatga ega.
Toshkent hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surgan
holda mintaqada biron-bir ustuvorlikni ko‘zlamaydi. O‘zbekiston tashabbuslari
barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oladi, konsensus tamoyiliga asoslanadi.
Toshkentning faol, tashabbuskor va konstruktiv diplomatiyasi tufayli
shakllangan mintaqadagi yangi siyosiy reallik Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida
keng doirali masalalar bo‘yicha o‘zaro harakatlarni kuchaytirishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
2018-
yil mart oyida Astanada, 2019-yil noyabr oyida Toshkentda, 2021-yil
avgust oyida Turkmanistonning Avaza shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlat
rahbarlarining konsultativ uchrashuv yig‘ilishlari bunga yorqin misol bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar Markaziy Osiyo kun tartibidagi bir tomonlama
194
formatda ham, ikki tomonlama formatda ham hal qilishning imkoni bo‘lmagan
ko‘plab muammoli masalalar yechimini muhokama qildilar. Bundan tashqari bunday
turdagi uchrashuvlami muntazam asosda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bunda qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining konsultativ
uchrashuvlarini o‘tkazish mintaqada yangi xalqaro tashkilot yoki o‘z ustaviga ega va
davlat organlaridan yuqori turuvchi biron-bir integratsion tuzilma tashkil etilishini
nazarda tutmaydi. Ushbu faoliyat faqat regional rivojlanishning muhim masalalari
bo‘yicha “soatlarni to‘g‘rilab olish”ga mintaqaning savdo-iqtisodiy hamda madaniy
aloqalarini kuchaytirishga, xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratiladi.
O‘zbekistonning mintaqa bo‘yicha yo‘nalishi faollashuvi regional
yaqinlashish, ishonch va o‘zaro tushunishni tiklash, shuningdek, yig‘ilib qolgan
masalalarni oqilona murosalarga kelish asosida operativ hal qilish yuzasidan
allaqachon yetilgan talabga o‘z vaqtida va amaliy javob bo‘ldi. Oliy darajada
o‘rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot barcha hamkorlik yo‘nalishlarini kuchaytirish
uchun mustahkam asos yaratdi.
Birinchidan, oliy va yuqori darajalarda siyosiy muloqot sezilarli faollashdi,
parlamentlararo, muassasalararo va hududlararo aloqalar kuchaytirildi. O‘z
navbatida, qayd etilgan davrda regionning barcha davlat rahbarlari O‘zbekistonga
tashrif buyurdilar. Tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvlar yakunlari o‘z
samaradorligi bo‘yicha misli ko‘rilmagan natijalar bergan.
Ikkinchidan, ekstremistik va terroristik tuzilmalar faoliyatiga qarshi birgalikda
kurashish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. 2019-2020-yillar uchun
O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan tegishli kompleks chora-tadbirlar
rejalari imzolandi. 2018-yil iyuldan sentabrgacha O‘zbekiston Qozog‘iston,
Qirg‘iziston va Tojikiston bilan qo‘shma antiterroristik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan davlat
chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal qilish ancha ilgari
surildi.
Bularning barchasi nafaqat ikki tomonlama da’voli masalalarni hal qilish, balki
butun regionning kun tartibidan o‘tkir nizoli potensialni olib tashlash va siyosiy
ishonch darajasini oshirishdan ham iborat.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy sohadagi o‘zaro
hamkorligi faollashuvi bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy, transport- kommunikatsiya,
energetika va madaniy-insonparvarlik sohalarida yangi impuls olindi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning
yaxshilanishi, umuman, mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga
yordam berdi. Xususan, 2017-yil boshidan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston va region
mamlakatlari o‘rtasida 300 tadan ko‘proq shartnoma, shuningdek, taxminan 75 mlrd.
dollar summada shartnomatlar va bitimlar imzolangan.
Mintaqada ekologik, jumladan, suv-energetikaga bog‘liq masalalarni hal
qilishda oldinga siljishlar kuzatilmoqda. Toshkent Qambar-Ota va Rog‘un GESi
qurilishi loyihalarida o‘z ishtiroki imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
“O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - O‘mon” transport yo‘lagining muhim
195
uchastkasini amalga oshirishga start berildi, Amudaryo orqali “Turkmanobod -
Forob” temir yo‘l va avtomobil ko‘priklari ochildi. Ularning ishga tushirilishi
“O‘zbekiston - Turkmaniston - Kaspiy dengizi - Janubiy Kavkaz” yo‘nalishi bo‘yicha
Boku - Tbilisi - Kars hamda Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning
Qora dengiz portlariga chiqish yo‘llari bilan oraliq transport- kommunikatsiya
magistralini yaratish g‘oyasini amalga oshirish imkonini berdi.
Bundan tashqari 20 yillik muzokaralardan so‘ng Xitoy va Markaziy Osiyoni
Qirg‘iziston orqali bog‘lovchi temir yo‘l qurilishi bo‘yicha jiddiy rivojlanishga
erishildi. Dastlabki baholarga ko‘ra, ushbu loyiha amalga oshirilganida yuklarni
yetkazib berish muddatlari 7-8 sutkaga qisqaradi, Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va
Janubiy Yevropa mamlakatlariga yo‘l masofasi 900 km. ga qisqaradi.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida madaniy-insonparvarlik sohasida yaqindan
hamkorlikni, do‘stona va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash va
kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birgalikda yaxshi tushunamizki, ushbu jarayon - oldindagi
manzilning faqat boshlanishi. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida to‘laqonli hamkorlikni
to‘xtatib turgan hal qilinmagan masalalar majmui mavjud. Yuqorida qayd
etilganlardan xulosa chiqarib ta’kidlash mumkinki, Markaziy Osiyoda tinchlik va
barqarorlikni ta’minlash nafaqat mintaqa mamlakatlari manfaatlariga javob beradi,
balki uning qo‘shni regionlardagi xavfsizlikka ta’siri nuqtayi nazaridan butun
Yevrosiyo qit’asining barqaror rivojlanishiga ham ko‘maklashadi.
Prezidentimiz boshchiligida O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati
natijasida:
-
Markaziy
Osiyo
mamlakatlari
bilan
muloqotimiz
jadallashdi,
munosabatlarimiz sifat nuqtayi nazaridan yangi pog‘onaga ko‘tarildi, yangi siyosiy
muhit yaratildi;
-
o‘zaro ishonch va hurmat sezilarli kuchaydi;
-
iqtisodiy aloqalar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi;
-
mamlakatlar hamkorligi yo ‘lidagi to ‘ siqlar bartaraf etildi;
-
mintaqa sokinlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik hududiga
aylandi.
Shu tariqa O‘zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalar, shuningdek, mintaqada tinchlik va
barqarorlikni ta’minlash borasidagi hamkorlik aloqalari doimiy ravishda rivojlanib
bormoqda. O‘zbekiston o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlarda ochiq,
do‘stona va pragmatik siyosat yuritish tarafdori bo‘lib qoladi. Markaziy Osiyo
muammolari xalqaro huquq normalari asosida tashqi kuchlarning aralashuvisiz
yechilmog‘i zarur.
Dostları ilə paylaş: |