181
muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, - deydi.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham
to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha
ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996- yilga qadar
davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi
o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22-iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida Yevropa
Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de
basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining
navbatdagi uchrashuvi-sammitda imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu
hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga
ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi
o‘rtasida imzolangan “Sheriklik va hamkorlik” to‘g‘risidagi bitim 1999-yildan
kuchga kirgan bo‘lib, bitimning maqsadi quyidagilarga qaratilgan:
•
O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash;
•
Siyosiy aloqalarni rivojlantirishga, tomonlar bilan siyosiy muloqot olib
borishga sharoit yaratish;
•
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish va ularni
mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoniga ko‘maklashish va
yakunlash;
•
savdoni rivojlantirishda investitsion sheriklar o‘rtasida
iqtisodiy
hamkorlikni uyg‘unlashtirish va shu orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlash;
•
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliya, fuqarolik,
ilmiy va madaniy
sohalarda hamkorlikning huquqiy asosini yaratish.
Shunday qilib, “Sheriklik va hamkorlik” bitimining kuchga kirishi hamda
amaldagi faoliyati, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etib,
hamkorlikning yangi qirralarining ochilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Shu o‘rinda
ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik jarayonini amalga
oshirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib, xalqaro hamjamiyat va jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim o‘rin
tutadi.
Jumladan, 2017-yil noyabrida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Samarqandga
tashrifi o‘zaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018-yil 23- noyabrda
Bryusselda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar
vazirlarining uchrashuvida ham bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2017-yilda olib borilgan diplomatik harakatlar natijasida Yevropa
taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa investitsiya banki bilan aloqalar qayta tiklandi,
Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlik munosabatlari yangi
mazmun-mohiyat bilan boyidi.
Xorijiy davlatlar va moliya institutlari
bilan savdo iqtisodiy, investitsiyaviy
texnologik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishda salmoqli natijalarga
erishildi. Jumladan, xorijiy hamkorlar bilan 340 dan ortiq kelishuvlar tuzilib, 43
millard dollardan ziyod bitimlar imzolandi.
182
BMT
Bosh Assambleyasi sessiyasi, ShHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa
Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar hamda Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir
makon, bir yo‘l” forumida O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy
rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan yangicha
yondashuv hamda tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlandi.
Dostları ilə paylaş: