Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
ko‘tarilgan emas. Bu degan so‘z shuki, hali yoshiga etmagan bolalar so‘zlarni shu so‘zlar orqali ifodalangan narsalar bilan assotsiativ tarzda bogiash orqali emas, balki intonasiya va imo- ishora, harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o ‘sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi uning aktiv faoliyati, turli-tuman harakatlari, o‘z atrofidagi narsalami ko‘proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlari uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga m aium darajada zarar etkazadi. Shu sababli bolani harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo‘ymaslik — uni haddan tashqari qattiq siqib yo‘rgaklamaslik, uzoq vaqt yo‘igaklangan holda qoldirmaslik kerak. Bir yoshga toigan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odatlami singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik mustahkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastawal ozodalik odatlarini singdirib boorish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutub qo‘yish va ovqatni qoshiqda oz-ozdan olish кегак. Agar ovqat bolaning o g iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zahotiyoq artib turish kerak. Ana shulaming hammasi so‘z bilan ifodalab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchalik ovqatlanishdan oldin fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o ‘zi talab qiladigan boiadi. www.ziyouz.com kutubxonasi
V - в о в
IL K B O L A L IK D A V R IN IN G P S IX O L O G IK
X U S U S IY A T L A R I
5 .1 .
Y urishni o ‘rg an ish va uning b o la rivojlanishiga t a ’siri