O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti


Yorug‘likka qarshi qo‘yilgan mavzuli murakkab natyurmort



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

Yorug‘likka qarshi qo‘yilgan mavzuli murakkab natyurmort 
kompozitsiyasini ishlash.
Mavzuli murakkab natyurmort ustida ishlashning o‘ziga xosligi, ularning 
kompozitsiyasini mukammalroq hal etishda, har bir buyumning shaklini atroflicha 
fikr yuritib aniqlashda har bir buyumning sirtini tasvirlab, uning materialini aniq 
ko‘rsata olishda namoyon bo‘ladi. Pastanovkaga kiradigan har bir buyumning 
shaklini perspektiv qisqarishlari bilan chizib olgach ularning och-to‘qlik darajalarini 
farqlagan holda asosiy soyalar qo‘yib chiqiladi. 
Yorug‘likka qarshi qo‘yilgan naturmort tasvirini ishlash birmuncha 
murakkabdir. Bunda buyumlarning rangi birmuncha o‘zgarib, to‘q siluet 
bo‘lib ko‘rinadi. Bu qo‘yilmani tasvirlashda talabalarning asosiy kamchiligi 
qo‘yilmadagi buyumlarni qoraytirib yuborishidir. Natyurmort qo‘yilmasidagi har 
bir buyumlarning, gipsli boshning soya qismidagi rang va tus refleks kuchi orqali 
aniqlanadi. Yorug‘lik qanchalik kuchli bo‘lsa, ranglar shunchalik to‘yingan bo‘lib 
refleksni yanada kuchaytiradi. Boshning shakli yanada yaqqol ko‘rinadi. Biroq, 
yorug‘lik kuchi susayganda rang to‘yinganligi pasayib reflekslar xiralashadi. 
Odatda bouyumlarning soya qismi intererdagi reflekslar ta’sirida iliq tusli bo‘ladi. 
Boshning yoritilgan qismlaridagi umumiy rang ham o‘zgaradi. Bunday yoritilgan 
qo‘yilmani ishlash jarayonida talabalar ko‘pincha soya qismidagi reflekslarni 
kuchaytirib yuborishadi. Talaba unutmasligi kerakki, gipsli boshning soya qismi 
bilinar-bilinmas reflekslar yordamida shakllanadi. Faqat shundagina modelni 
to‘g‘ri va yaxlit ifodalash mumkin. Soyalar bir yo`la narsalarning panasida, yopiq 
tekislikda, ustida va devorda belgilanadi.
Bu esa tasvirda naturadagi kabi to‘q birligiga erishishi va har bir narsaning 
o‘ziga xos shaklini to‘laroq ochib berishga imkon beradi. Narsalar shaklini 
aniqlashtirib borib, natyurmortdagi nozik farqlarni topishda avval yirik shakllarni, 
katta qismlarini matodagi asosiy burmalarni tasvirlash, so‘ngra esa mayda va 
12 
Ismatov Ulfat Shuhratovich and Sobirov Sarvar Tursunmurotovich. Development of Creative 
Competence in Teaching Future Teachers of Fine Arts to Work in Graphic Materials. International Jour-
nal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192


31
chakana tafsilotlarini tasvirlashga o‘tish kerak. Bunda chiziqlar albatta narsalarning 
shakliga monand yo`nalishda bo‘lib, uning shaklini bo‘rtirib ko‘rsatishi kerak.
Shuning uchun tasvirning hammasiga ishlov berishga, uni natura bilan yopishtirib, 
solishtirib qarash kerak. Bunda chiziqlar albatta narsaning shakliga monand 
yo`nalishda bo‘lib, uning shaklidagi noaniq yerlarini yana ishlash kerak bo‘ladi. 
Unda ton jihatdan kamchiliklarga yo`l qo‘yilgan bo‘lsa darhol bartaraf etish lozim. 
Birinchi plandagi narsa uzoqroqda tuyulsa uni yaqinlashtirish aksincha, orqa 
plandagi narsa juda yaqqol ko‘rinib qolgan bo‘lsa, uni bir oz xiralashtirish lozim.
Xullas, natyurmortning tasviri uning o‘zi kabi yaxlit taasurot qoldira olishi zarurdir. 
Tabiiy yorug‘likda yirik munosabatlar bilan shakl xajmini to‘g‘ri ishlashni 
o‘rganib bo‘lgach, uzoq muddatli seanslarga o‘tish mumkin. Unda esa bosh tasviri 
puxta o‘rganilgan holda uning rangli va obrazli xarakterini ifodalashga o‘tiladi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin