36
Xona ichini kompozitsiyaning bir komponenti
sifatida tasvirlash
ham oson emas. U ko‘pincha tasvir etilayotgan voqelikning yordamchi
bir foni vazifasini o‘tasada, unga muhim bo‘lak sifatida yondoshilishi
kerak. Masalan, interyerni chiziqli perspektiva holati to‘g‘ri
topilmas ekan
kompozitsiyaning fazoviy o‘lchamlari va ifodaviyligining haqqoniy aks etishi
mumkin bo‘lmay qoladi. O‘z navbatida atrof-muhit ham kompozitsiyaning
umumiy g‘oyaviy mazmunini belgilovchi unsurlardan biri hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, demak,
interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozitsiyasining
mazmunli chiqishida
muhim rol o‘ynovchi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq holda tasvirlanadigan zarur
kompozitsiyaning faktorlari ekan. Shu sababdan ularning tasviriga katta e’tibor bilan
yondashish zarur. Intererda aks ettiriladigan har turli kompozitsiyalarni bajarishdan
avval albatta ko‘plab yordamchi eskizlar, qoralama lavha suratlar ishlanishi kerak.
Ulardan foydalangan holda kompozitsiyada xonaning qanday qismi tasvir etilishi
topiladi. Perspektiva ko‘rinishining qurilishi tahlil etib belgilab olinadi. Bunda
albatta rang, fazoviylik holatlari tus, soya-yorug‘lik munosabatlari orqali ifodalanadi.
Dekorativ usulda har xil buyumlardan tuzilgan natyurmort rangtasvirini
ishlash.
Xayotining so‘ngi yilida Van Gog 850 dan ortiq rangtasvir asarlari va 1000
dan ortiq qoralama va qalamchizgilar ishladi. Boshqa rassomlar singari Van Gog
ham tinimsiz o‘z ustida ishladi. Rangtasvir ishlamoqchi bo‘lgan har bir kishi
Van Gogga o‘xshab progressiv yutuqlar yo‘lidagi mashaqqatli mehnat samarasiz
bo‘lmasligini o‘ziga shior qilib olmog‘i lozim. Akvarel texnikasini o‘rganish yanada
qiyinroq hisoblanadi. Buning uchun ijodiy jarayonda zarur texnika, ko‘nikma va
malaka, sabr–toqat, juda ko‘plab qoralama va ranglavhalar bajarish kerak bo‘ladi.
Ayniqsa dekorativ ranglavhalarini bajarish mashg‘ulotlarida bunday tezkor
ranglavhalar ishlash juda foydali. Insoniyat qadimdan hayvonot olami va tabiat
bilan chambarchas bog‘liq holda hayot kechirib keladi. Shuning uchun musavvirlar
azaldan tabiat go‘zalliklarini,olamini jonli bo‘yoqlarda tasvirlashga harakat qilganlar.
Ana shunday rassomlarni yangilikka intiluvchan navator rassomlar deb ataydilar.
Rassom dunyosi beqiyos, turli–tumandir. Tabiatan plastik shakl va chizgilar,
holatlar va ranglar rassomlarga ilhom baxsh etadi va ularning shu janrda turli asarlar
yaratishlariga turtki bo‘ladi.
Dekorativ asarni tasvirlash borasida har bir
talabaning kerakli bilim va
malakaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Dekorativ asar yaratishda ranglar shakllar, chiziqlar va dog‘larning o‘yinini
o‘rganishda, avvalo, tulumiga qarab turli tomondan tasvirlashni mashq qilish maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun ularni sinchiklab kuzatish lozim. Keyin tulumlarini tez
chizishni mashq qilish orqali rasmni tasvirlashga o‘tiladi. Bu talabadan buyuk
rassomlar ijodini kuzatish va taffakur qilish, o‘z ustida ishlash kerakligini ildiradi.
“Dekorativ natyurmort - bu hech qanday hajm va realizmga ega bo‘lmagan
tekis natyurmort tasviridir”. Ma’lum bo‘lishicha, dekorativ natyurmort shunday
37
natyurmort bo‘lib, unda hech narsa yo‘q! Ammo, aslida,
dekorativ natyurmort -
bu tabiatdagi eng qiziqarli narsalarning uyg‘unligi, bu ko‘proq ekspressivlik
va emotsionallikka erishish uchun ehtiyotkorlik bilan tanlashdir. Lotin tilidan
tarjima qilingan “dekor” so‘zi “bezatish” (“Men bezayapman”) degan ma’noni
anglatadi. Demak, dekorativ san’at insonni o‘rab
turgan narsalarni chiroyli
qiladi. Agar biz obyektlarni hajmdan mahrum qilsak, biz buni biron bir
sababga ko‘ra qilamiz, masalan, bezak yoki rangni
yaxshiroq ochish uchun
yoki natyurmortning ekspressivligini oshiradigan boshqa maqsadlar uchun.
Dekorativ natyurmort yaratish - bu eng xarakterli xususiyatlarni bir vaqtning
o‘zida aniqlash, shuningdek, tasvirni dekorativ elementlar bilan faol to‘ldirish
bilan obyektlarning shaklini stilizatsiya qilish va umumlashtirish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: