O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

20-rasm. 
21-rasm. 
Germana Demina-Interyer. 
Qog’oz, Akvarel


36
Xona ichini kompozitsiyaning bir komponenti sifatida tasvirlash 
ham oson emas. U ko‘pincha tasvir etilayotgan voqelikning yordamchi 
bir foni vazifasini o‘tasada, unga muhim bo‘lak sifatida yondoshilishi 
kerak. Masalan, interyerni chiziqli perspektiva holati to‘g‘ri topilmas ekan 
kompozitsiyaning fazoviy o‘lchamlari va ifodaviyligining haqqoniy aks etishi 
mumkin bo‘lmay qoladi. O‘z navbatida atrof-muhit ham kompozitsiyaning 
umumiy g‘oyaviy mazmunini belgilovchi unsurlardan biri hisoblanadi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, demak, 
interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozitsiyasining mazmunli chiqishida 
muhim rol o‘ynovchi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq holda tasvirlanadigan zarur 
kompozitsiyaning faktorlari ekan. Shu sababdan ularning tasviriga katta e’tibor bilan 
yondashish zarur. Intererda aks ettiriladigan har turli kompozitsiyalarni bajarishdan 
avval albatta ko‘plab yordamchi eskizlar, qoralama lavha suratlar ishlanishi kerak. 
Ulardan foydalangan holda kompozitsiyada xonaning qanday qismi tasvir etilishi 
topiladi. Perspektiva ko‘rinishining qurilishi tahlil etib belgilab olinadi. Bunda 
albatta rang, fazoviylik holatlari tus, soya-yorug‘lik munosabatlari orqali ifodalanadi. 
Dekorativ usulda har xil buyumlardan tuzilgan natyurmort rangtasvirini 
ishlash.
Xayotining so‘ngi yilida Van Gog 850 dan ortiq rangtasvir asarlari va 1000 
dan ortiq qoralama va qalamchizgilar ishladi. Boshqa rassomlar singari Van Gog 
ham tinimsiz o‘z ustida ishladi. Rangtasvir ishlamoqchi bo‘lgan har bir kishi 
Van Gogga o‘xshab progressiv yutuqlar yo‘lidagi mashaqqatli mehnat samarasiz 
bo‘lmasligini o‘ziga shior qilib olmog‘i lozim. Akvarel texnikasini o‘rganish yanada 
qiyinroq hisoblanadi. Buning uchun ijodiy jarayonda zarur texnika, ko‘nikma va 
malaka, sabr–toqat, juda ko‘plab qoralama va ranglavhalar bajarish kerak bo‘ladi.
Ayniqsa dekorativ ranglavhalarini bajarish mashg‘ulotlarida bunday tezkor 
ranglavhalar ishlash juda foydali. Insoniyat qadimdan hayvonot olami va tabiat 
bilan chambarchas bog‘liq holda hayot kechirib keladi. Shuning uchun musavvirlar 
azaldan tabiat go‘zalliklarini,olamini jonli bo‘yoqlarda tasvirlashga harakat qilganlar. 
Ana shunday rassomlarni yangilikka intiluvchan navator rassomlar deb ataydilar.
Rassom dunyosi beqiyos, turli–tumandir. Tabiatan plastik shakl va chizgilar, 
holatlar va ranglar rassomlarga ilhom baxsh etadi va ularning shu janrda turli asarlar 
yaratishlariga turtki bo‘ladi.
Dekorativ asarni tasvirlash borasida har bir talabaning kerakli bilim va 
malakaga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Dekorativ asar yaratishda ranglar shakllar, chiziqlar va dog‘larning o‘yinini 
o‘rganishda, avvalo, tulumiga qarab turli tomondan tasvirlashni mashq qilish maqsadga 
muvofiqdir. Buning uchun ularni sinchiklab kuzatish lozim. Keyin tulumlarini tez 
chizishni mashq qilish orqali rasmni tasvirlashga o‘tiladi. Bu talabadan buyuk 
rassomlar ijodini kuzatish va taffakur qilish, o‘z ustida ishlash kerakligini ildiradi.
“Dekorativ natyurmort - bu hech qanday hajm va realizmga ega bo‘lmagan 
tekis natyurmort tasviridir”. Ma’lum bo‘lishicha, dekorativ natyurmort shunday 


37
natyurmort bo‘lib, unda hech narsa yo‘q! Ammo, aslida, dekorativ natyurmort - 
bu tabiatdagi eng qiziqarli narsalarning uyg‘unligi, bu ko‘proq ekspressivlik 
va emotsionallikka erishish uchun ehtiyotkorlik bilan tanlashdir. Lotin tilidan 
tarjima qilingan “dekor” so‘zi “bezatish” (“Men bezayapman”) degan ma’noni 
anglatadi. Demak, dekorativ san’at insonni o‘rab turgan narsalarni chiroyli 
qiladi. Agar biz obyektlarni hajmdan mahrum qilsak, biz buni biron bir 
sababga ko‘ra qilamiz, masalan, bezak yoki rangni yaxshiroq ochish uchun 
yoki natyurmortning ekspressivligini oshiradigan boshqa maqsadlar uchun.
Dekorativ natyurmort yaratish - bu eng xarakterli xususiyatlarni bir vaqtning 
o‘zida aniqlash, shuningdek, tasvirni dekorativ elementlar bilan faol to‘ldirish 
bilan obyektlarning shaklini stilizatsiya qilish va umumlashtirish jarayoni. 

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin