31
chakana tafsilotlarini tasvirlashga o‘tish kerak. Bunda chiziqlar albatta narsalarning
shakliga monand yo`nalishda bo‘lib, uning shaklini bo‘rtirib ko‘rsatishi kerak.
Shuning uchun tasvirning hammasiga ishlov berishga, uni natura bilan yopishtirib,
solishtirib qarash kerak. Bunda chiziqlar albatta
narsaning shakliga monand
yo`nalishda bo‘lib, uning shaklidagi noaniq yerlarini yana ishlash kerak bo‘ladi.
Unda ton jihatdan kamchiliklarga yo`l qo‘yilgan bo‘lsa darhol bartaraf etish lozim.
Birinchi plandagi narsa uzoqroqda tuyulsa uni yaqinlashtirish aksincha, orqa
plandagi narsa juda yaqqol ko‘rinib qolgan bo‘lsa, uni bir oz xiralashtirish lozim.
Xullas, natyurmortning tasviri uning o‘zi kabi yaxlit taasurot qoldira olishi zarurdir.
Tabiiy yorug‘likda yirik munosabatlar bilan shakl xajmini to‘g‘ri
ishlashni
o‘rganib bo‘lgach, uzoq muddatli seanslarga o‘tish mumkin. Unda esa bosh tasviri
puxta o‘rganilgan holda uning rangli va obrazli xarakterini ifodalashga o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: