Auksion - alohida xususiyatlarga ega boigan tovarlami sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan
ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy
sotuvga qo‘yish y o ii bilan oikaziladi.
Auksion e io n qilingan vaqtda va maium
davrda oikaziladi. Bunda
tovarlaming bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi
hisobga olinadi.
Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda koisatilgan tartibda
savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami
sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham
sotilishi mumkin.
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda otkaziluvchi hamda otkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari
tovar ishlab chiqamvchi bilan savdo
firmalari o'rtasida tuzilib, unda
bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi - o'z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki
universal boiishi mumkin.
Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-
kechak, oyoq
kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan
savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat
ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil
yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo
bilan shug‘ullanadigan turlarga boiinadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan
ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-
import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo
korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish,
sug‘urta xizmati koisatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham
qatnashadi.