Xulosalar
1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi natijasida
vujudga keladi.
2. Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bog’liq holda va aloqada bandlik, milliy
daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish
natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda boiadigan
daromadlar va xarajatlar
oqimini shakllantiradi.
3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib
chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko’rinishidagi
iqtisodiy munosabatlami
vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion,
dinamik
xususiyatini belgilab beradi.
4. Bozor iqtisodiyoti - murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o‘zaro
bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z ichiga
oladi.
5. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi
uchun uning infratuzilmasi
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi - bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
6. Bozor iqtisodiyoti
tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki,
ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal
etib bolmaydi. Ana shunday muammolami hal etish uchun davlat ulami o‘z
zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: