Ob’ektning sistematik holali Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix09.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#153194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Laboratoriya ishi11 (1)

2.
 
Intensiv oziqlanishi va murakkab termoregulyatsiyaga bog’liq bo’lgan


tana teraperaturasining doimiyligi va yuqori bo’lishi; 
3.
 
Yerda yurishi yoki daraxtlarda o’rmalash holatlarini yo’qotmagan 
holda ularning uchishga moslashganligi. Qushlarning ko’payishi uya qurish
tuxumni bosib yotish, jo’jalarini boqish va ularni himoya qilish kabi murakkab 
biologik jarayonlar bilan kechadiki, bu albatta avlodlarining yuqori darajada 
yashovchanligini ta’minlaydi. 
Qushlarning mazkur xossalari ular yosh sinf vakillari bolishiga qaramasdan 
butun yer yuzida keng tarqalgan. Umurtqali hayvonlar o’rtasida doimiy tana 
temperaturasi yoki 
gomoytermiya 
birinchi marta qushlardan boshlanadi. Albatta bu 
arteriya va vena qonlarining tamoman ajralganligi (yuragi to’rt kamerali va bitta 
o’ng aorta yoyi bor) va to’qimalarni kislorod bilan intensiv ta’minlanganligi bilan 
bog’liq. Natijada moddalar almashinuvi tezlashadi va tana temperaturasining doimiy 
bo’lishiga olib keladi. Qushlarning tuzilishini o’rganish jarayonida ularning sudralib 
yuruvchilarga o’xshash belgilari borligini ham ko’rish mumkin. 
Sudralib yuruvchilarga o’xshash belgilari: 
1.
Terisini yupqaligi va teri bezlarining deyarli yo’qligi; 
2.
Har xil shox hosilalarining kuchli rivojlanganligi; 
3.
Bosh suyagi bitta ensa o’simtaligi; 
4.
Bo’g’imlarining intertarzal qo’shilishi; 
5.
Kloakasining borligi va hokazolar. 
Ikkinchi tomondan qushlarning uchishga moslanishi bilan ularda: 
1.
Oldinigi oyoqlarining qanotga aylanganligi; 
2.
Tanasining pat va parlar bilan qoplanganligi; 
3.
Ko’pchilik qushlar suyaklarining pnevmatikligi va yengil shoxsimon 
moddali tishsiz tumshuqlarining borligi; 
4.
Qanotlarni harakatlantiruvchi katta va kuchli rivojlangan ko’krak 
muskullarini biriktiradigan ko’krak toj suyagining borligi; 
5.
Ko’plab vazifalarni va ayniqsa qushlar uchganda nafas olishda muhim rol 
o’ynaydigan havo xaltachalarining paydo bo’lganligi. Skeletining bir qator o’ziga 
xos xususiyatlari borligi; 


6.
Qushlarda siydik pufagining bo’lmasligi; 
7.
G’ovak zich tanadan iborat o’pkasining maxsus bog’lamlar yordamida 
ko’krak qafasining orqa devoriga yopishganligi; 
8.
Urg’ochi qushlar jinsiy sistemasi keskin asimmetrik tuzilgan (urg’ochi 
qushlarning o’ng tuxumdoni va o’ng tuxum yo’li yo’q)ligidir. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin