42 – rasm. Qushlarning nafas olish organlari:
1 – traxeya, 2 – bronxlar; 3 – o'pka, 4 – havo xaltalari; 5 – ustki hiqildoq; 6 –
pastki hiqildoq.
Biroq hiqildoq quruqlikda yashovchi boshqa umurtqalilarda tovush apparati
vazifasini bajarmaydi. Qushlarda tovush apparati funksiyasini faqat ularning o’ziga
xos bo’lgan pastki hiqildoq bajaradi. Pastki hiqildoq traxeyadan bronxlar chiqadigan
joyda o’rnashgan bo’lib, tuzilishi ustki hiqildoqnikiga o’xshash.
Qushlar o’pkasi suvda ham quruqlikda yashovchilar hamda ko’pgina
sudralib yuruvchilarnikiga o’xshash xaltachalar ko’rinishida bo’lmay, balki ichi zich
tanachalardan iborat. Bunga ishonch hosil qilish uchun skalpel dastasi bilan bir
tomondagi o’pkani ko’krak qafasining orqa devoridan ajratib olib, kesib ko’ring.
Qushlarning bronxlari o’pkaga kirgandan keyin tarmoqlanadi.
Ularning
asosiy tarmoqlari o’pkani yorib o’tib, havo xaltachalariga qo’shiladi, ya’ni bronxlar
tarmoqlarining bir qismi o’pkani teshib o’tib, sig’imi o’pka sig’imidan bir necha
marta katta bo’lgan havo xaltachalarini hosil qiladi. Havo
xaltachalari turli ichki
organlar orasida joylashib, ularning o’simtalari
teri ostiga, muskullar orasiga va
pnevmatik suyaklarga o’tadi. Qushlarda havo xaltachalari bir nechta: ikkita bo’yin,
bitta o’mrovaro, ikki–uch juft ko’krak va bir juft nihoyatda katta qorin xaltalari bor.
Dostları ilə paylaş: