Gavda bo’shlig’iga ochiladigan chap tuxum yo’lining keng voronkasi qalin devorli
naydan iborat bo’lib, kloaka ochiladi. Tuxum yo’lining
fallopiy nayi
deb ataladigan
eng uzun ustki bo’limining ichki tomoni talaygina oqsil
bezlar va burmalar bilan
qoplangan. Uning keng, lekin devori yupqaroq bo’lgan keyingi bo’limi
bachadon
deb ataladi. Bachadon o’z navbatida tor qinga aylanadi, qinda esa
kloaka
ochiladi.
Odatda, murtak holidagi o’ng tuxumdon bilan tuxum yo’lini kloakaning o’ng
tarafidan izlab topish mumkin.
Nerv sistemasi.
Qushlarning markaziy nerv
sistemasi amfibiyalar va
reptiliyalarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan (
45 – rasm
). Avvalo,
qushlarning bosh miyasi, ayniqsa, oldingi miya katta yarimsharlarining rivojlanishi
ular turq – atvorining juda murakkabligidan dalolat beradi. Ma’lumki, qushlarning
miyachasi muvozanatni ta’minlaydi va harakatlar kordinatsiyasini boshqaradi.
Shuning uchun ham uchish qobiliyatiga ega bo’lgan va murakkab hamda turli –
tuman harakatlarni bajaradigan qushlarda miyachaning ahamiyati juda katta. Yana
shuni aytish kerakki, agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining massasi (vazni) orqa
miya vazniga teng bo’lsa, qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyasinikiga nisbatan
og’ir bo’ladi. Masalan: tovuqsimonlarning bosh miyasi vazni orqa miyasiga nisbatan
150% og’ir, kaptarlarda esa bu ko’rsatkich 250% ni tashkil etadi.
45 – rasm. Kaptarning bosh miyasi:
A – ustki tomondan, B – pastki tomondan, V – miуa qorinchasi ochilgan
va miyachasi
olib tashlangan holdagi kо‘rinishi:
1 – oldingi miyaning hidlov bo'laklari; 2 – oldingi miya katta yarimsharlari; 3 – epifiz; 4
– oraliq miyaning ko‘ruv bo‘rtmalari; 5 – xiazma; 6 – gipofiz voronkasi bilan, 7 – o‘rta miyaning
ko‘ruv bo’laklari; 8 – miyacha; 9 – uzunchoq miya; 10 – targ‘il tana.
Qushlar bosh miyasi vaznining og’irligi, avvalo,
ularning oldingi miya
yarimsharlarining kattaligiga bog’liq. Masalan: tovuqsimonlarda
oldingi bosh miya
yarimsharlari massasi miyaning boshqa bo’limlari
massasiga teng, ya’ni 1:1,
yirtqich qushlarda esa bu ko’rsatkich 2:1, chumchuqsimonlarda va to’tiqushlarda 3:1
ga teng bo’ladi. Qushlarda oraliq miya yaxshi rivojlanmagan. Bosh miyadan 12 juft
nerv chiqadi.
Topshiriqlar:
Yangi jonsizlantirilgan kaptar va boshqa tur
qushlar tulumining tashqi
ko’rinishini hamda pat–parlar komplektini ko’zdan
kechirib chiqqach,
quyidagi
rasmlarni atbomga chizib oling:
1.
Kaptar yoki musichaning tashqi ko’rinishi;
2.
Qushlardagi pat–parlar tiplari:
3.
Parning tuzilishi;
4.
Qanot skeletidagi patlar guruhlari