43 – rasm.
A – Qushlarning arterial qon tomirlari sistemasi sxemasi:
1 – aortaning o'ng yoyi; 2 – o'ng nomsiz arteriya; 3 – o‘ng umumiy uyqu
arteriyasi; 4 –
tashqi uyqu arteriyasi; 5 – ichki uyqu arteriyasi; 6 – o'mrovosti arteriyasi; 7 – ko'krakning o'ng
arteriyasi; 8 – ichak arteriyasi; 9 – orqa aorta; 10 – chap
buyrak arteriyasi; 11 – o'ng son
arteriyasi; 12 – o'ng quymich arteriyasi, 13 – o'ng yonbosh arteriyasi; 14 – dum arteriyasi; 15 –
o'pka arteriyasi (arteriya qon tomiridagi vena qoni qora rangda bo'yalgan).
B – Qushlarning venoz qon tomirlari sistemasi sxemasi:
1 –
o'ng bo'yinturuq venasi; 2 – o'ng o'mrovosti venasi; 3 – o'ng ko'krak venasi; 4 – o'ng
oldingi kovak venasi; 5 – o'pka venasi; 6 – dum venasi; 7 – o'ng buyrak
qopqa venasi; 8 – o'ng
buyrak venasi; 9 – o'ng son venasi; 10 – o'ng yonbosh venasi; 11 – keyingi kovak vena; 12 –
ichak tutqich venasi; 13 – ichak usti venasi; 14 – jigar qopqa venasi; 15 – jigarning chap venasi;
16 – chap buyrak; 17 – jigar (arterial qonli vena qon tomirlari chiziqchalar bilan ko'rsatilgan).
Yurak qorinchasining ikkiga bo’linganligi tashqi tomondan bilinmagani
uchun uch kameralikka o’xshaydi. Yurak bo’lmalari qorinchadan yog’ to’qima
bilan qoplangan jo’yak orqali ajralgan. Yurak oldi xaltasi va ba’zi bir tomirlarni
qoplagan yog’ to’qimalarini pinset bilan ajratib olingda, yurakning asosiy qon
tomirlarini ko’zdan kechiring.
Qushlar qon aylanish sistemasi arterial va venoz qonning bir–biridan to’la–
to’kis ajralganligi bilan xarakterlanadi. Bu yurak qorinchasining ikkiga bo’linishi
tufayli to’rt kamerali yurak hosil bo’lishi, shu bilan birga buyrak qopqa venasi bilan
aorta chap yoyining reduksiyalanishi hamda aortaning faqat o’ng
yoyi saqlanib
qolganligi bilan bog’liq.
Yurak yupqa devorli yurak oldi xaltasi bilan o’ralgan, u to’rt qismdan ikkita
yurak bo’lmasi va qalin devorli ikkita yurak qorinchasidan iborat. Shunga ko’ra
qushlarda ham sutemizuvchilardagidek ikkita: o’ng – venoz va chap – arterial yurak
bor deb aytiladi.
Arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o’ng yoyi chiqqan zahoti
undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So’ngra aorta o’ng tomonga egilib,
umurtqa pog’onasiga yetgach, dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo’naladi va
undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’aza bo’limida orqa aorta yirik–
yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi
va kichikroq dum arteriyasi
shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalar bo’yinning yon tomonlariga yetgach,
umumiy uyqu. o’mrov osti va ko’krak arteriyalariga bo’linadi. Yurakning o’ng
qorinchasidan umumiy o’pka arteriyasining tomiri chiqib, chap va o’ng o’pkalarga
venoz qonni olib boruvchi ikkita o’pka arteriyalariga tarmoqlanadi.
Gavdaning oldingi tomonidan kelgan venoz qon oldingi yo’g’on yoki ustki
kovak vena deb ataluvchi qon tomirlarda yig’ilib, o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Oldingi kovak venalar uchta asosiy qon tomirlarining, ya’ni
boshdan qon
olib keluvchi oldingi kardinal venalar, qanotlardan qon olib keluvchi o’mrov osti
venalari va katta ko’krak muskullaridan qon olib keluvchi ko’krak venalarining
qo’shilishidan vujudga keladi.
Gavdaning orqa qismidan keladigan qon yurakka tubandagicha quyiladi.
Kichkinagina dum venasidan qon ikkita buyrak qopqa venalariga quyiladi.
Biroq
hamma buyrak qopqa sistemasida mayda kapillyarlarga bo’linmasdan, ularning bir
qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o’tadi. Bu qon tomirlari buyrakdan chiqishi
bilan orqa oyoqlardan qon olib ketayotgan son venalariga qo’shilib, juft yonbosh
venani hosil qiladi. Yonbosh venalari bir–biriga qo’shilib, orqa kovak venani yuzaga
keltiradi. Ichki organlardan qon toq jigar qopqa venasiga qo’shiladigan figastel ichak
tutgich venasiga yig’iladi (bu vena qushlar uchun juda xaraktcrlidir).
Ichak
tutgichdan venoz qonni olib keluvchi ichak usti venasi ichak tutgich vena bilan
qo’shilib,
Dostları ilə paylaş: