ﻻْﻮَﻟ ْﻢِﻬِﺴُﻔْﻧَأ ﻲِﻓ َنﻮُﻟﻮُﻘَﻳَو ُﺮﻴِﺼَﻤْﻟا ) ٨ ( "Nega aytayotgan so‘zimiz sababli Alloh bizlarni azoblamayapti", derlar. Ularga o‘zlari kiradigan jahaniam kifoya qilar! Bas, naqadar yomon oqibat (bu)!" (Mujodala surasi, 8).
O’tgan gunohini kimgadir aytib, ovoza qilish yoki gunohni kimningdir guvohligida oshkora sodir
etish ham kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablardandir. Chunki, bu ish gunohni
yopuvchi Zotga qarshi jinoyat va gunohga guvoh bo‘lgan yoki gunohni eshitgan kishini yomonlikka
undovchi harakatdir. Demak, bitta gunohga bu ikkita jinoyat qo‘shilib, jinoyatlar soni ortadi. Agar
bunga "boshqalarni ham o‘sha gunohga targ‘ib qilish, shunday gunoh qilishlari uchun imkon
tug‘dirish" jinoyatini ham qo‘shsa, jinoyatlar to‘rtta bo‘lib, yuk yanada og‘irlashadi. Xabarda keladi:
"Barcha kishining gunohi afv etiladi, illo, ushbu kishining gunohi kechirilmaydi: u kechasi gunoh
sodir etdi. Alloh uning gunohini berkitdi, gunohiga parda yopdi. Ertalab u Alloh yopgan pardani ochdi
— gunohini gapirib, barchaga ovoza etdi" (Muttafaqun alayh).
Gunohni yopuvchi Allohdir. Allohning bu sifati bandalariga fazl va ne’mat bo‘lib, mehribon va
rahmli Zot shu sifati bilan bandalarining chiroyli amallarini zohir qiladi, xunuk amallarini yashiradi.
Shunday ekan, Allohning yashirganini bandaning oshkor qilishi - ne’matga kufr keltirishdan boshqa
narsa emas.
O’tganlardan biri: "Gunoh qilma! Agar qilib qo‘ysang, loaqal, boshqani unga targib etma! Aks
holda, ikkita gunoh sodir etgan bo‘lasan", degan ekan. Alloh taolo deydi:
ِفوُﺮْﻌَﻤْﻟا ِﻦَﻋ َنْﻮَﻬْﻨَﻳَو ِﺮَﻜْﻨُﻤْﻟﺎِﺑ