Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 
fosid
- buzg‘unchi.
 
fosiq
- shariat chegarasidan chiquvchi.
 
g‘aiimat
- o‘lja
 
habib
- sevilgan, yaxshi ko‘rilgan zot. Habibulloh—Muhammad alayhissalomning sifatlari 
 
hol
- vaqt e’tibori bilan «hozir». Bandaning hozirgi, ayni paytdagi manzili. Aytiladiki, hol — u 
holatdan bu holatga o‘tish, qalbning o‘zgarib tu'rishidir. Yana aytiladi, hol zoyil bo‘lmaydi, agar zoyil 
bo‘lsa, u hol emas.
 
ilg‘amoq -
o‘ta hushyorlik va noziklik ila hosil bo‘ladigan hislat, anglashning dastlabki bosqichi. 
«Payqamoq» ham «ilg‘amoq» fe’liga ma’nodosh. ammo «payqamoq» moddiy hodisalarga
«ilg‘amoq» ma’naviy hodisalarga nisbatan qo‘llanadi. 
 
ilm bilmoq -
anglamoq. Matnda ko‘proq «anglamoq» ma’nosida berildi.
 
i
roda
- maqsadni amalga oshirish uchun bo‘lgan kuchli istak; ixtiyor, qat’iyat. 
isroiliyyot - 
muqaddam o‘tgan xalqlar va ularning payg‘ambarlari xususida yahudiy va 
nasroniylardan olingan rivoyatlar. Ulamolar isroiliyyotni uch qismga ajratishadi:
1) maqbul xabarlar — Rasulullohdan sahih naql orqali to‘g‘riligi varid bo‘lgan. Masalan, Xizr 
alayhissalomning nomlari. Bu haqda sahih hadis mavjud;
2) maskutun anhu — u haqda sukut qilingan xabarlar. Ya’ni, to‘g‘riligi yoki yolg‘onligi noma’lum 
xabarlar. Bunday isroiliyyotni ibrat sifatida hikoya qilish mumkin. Lekin uni tasdiqlamaymiz va 
yolg‘onga ham chiqarmaymiz. Payg‘ambar alayhis salomning ushbu amriga muvofiq: 
"Ahli kitobni 
tasdiqlamanglar va yolg‘onchiga ham chiqarmanglar. (Balki) Allohga va bizlarga nozil qilingan 
narsaga iymon keltirdik, denglar"

 
3) marfuz — inkor qiliigan xabarlar. Ya’ni shariatimizga zid va aqlga xilofligi ayon xabarlar. 
Bunday isroiliyyotni tasdiqlash, qabul qilish, rivoyat etish durust emas. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin