Bino va inshootlar qurilishi tem iryo


K o‘pik beton va ko‘pik silikat



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

K o‘pik beton va ko‘pik silikat. 
Ko‘pikli beton alohida tayyorlangan 
sement qorishmasi va ko‘pik maxsus qorgichlarda aralashtirib olinadi. 
Qorishma portland sement va uning turlari, havoyi ohak va boshqa 
bog‘lovchilar asosida tayyorlanishi mumkin.
Kukun toMdirgich sifatida tarkibida kremnezyom boMgan minerallar 
(kvars qumi, shlak, kul va shu kabilar) ko‘pik hosil qiluvchi komponent 
sifatida yelim kanifol, saponin smolasi, alumosul-fonaftenli va shu kabilar 
ishlatiladi. K o‘pik turg‘unligini oshiruvchi sifatida hayvon yelimlari, 
suyuq shisha, temir sulfati ishlatiladi.
Turg‘un ko‘pik kurakchali ko‘pik hosil qiluvchi apparatlar yoki 
markazdan qochma prinsipda ishlaydigan nasoslar vositasida suv bilan 
sirtaktiv moddalarni aralashtirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan ko‘pikli 
beton qoliplanadi va qotishini tezlashtirish uchun issiqlik bilan qayta 
ishlanadi. Qotish jarayonini kimyoviy usulda tezlashtirish maqsadida 
ko‘pikli beton tarkibiga kalsiy xlorid, potash va shu kabi moddalar 
kiritiladi. Ko‘pikli silikat havoyi ohak va kremnezyomli mineral kukunlar 
asosida tayyorlanadi va qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda ishlov 
beriladi.
Yacheykali betonlam ing xossalari. 
Yacheykali betonlaming o ‘rtacha 
zichligi 300-1200 kg/m3 g‘ovakligi 60-85 foiz.
Ular siqilishdagi m ustahkam lik chegarasiga nisbatan quyidagi 
markalarda: M15, M25, M35, M50, M75, M100, M150 va B0,35-B12,5 
klasslarda boMadi.
Yacheykali betonlaming suv shimuvchanligi, gigroskopikligi, suvga 
chidamliligi, g ‘ovaklikning strukturasiga va makrog‘ovaklar o ‘rtasidagi
95


devorlaming mustahkamligiga bogliq bo‘ladi. Yopiq g‘ovakli yacheykali 
betonlaming suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi. 
Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha yacheykali betonlar quyidagi markalarda 
bo‘ladi: F 15, F 25, F 35, F 50, F 75, F 100. Tashqi devor panellarida 
ishlatiladigan yacheykali beton sovuqqa chidamliligi F 15, F 25 bo‘lsa 
kifoya, doimo muzlash va erish ehtimoli bor konstruksion yacheykali 
betonlaming sovuqqa chidamliligi F 50-F 100 bo‘ladi.
Yacheykali betonlam ing eng muhim xossalaridan biri issiqlik 
o ‘tkazuvchanIik bo‘lib, uning zichligi va namligiga bog‘liq. Masalan, 
o ‘rtacha zichligi 600 kg/m3 bo‘lgan yacheykali betonning qumq holatdagi 
X
si 0,14 W/(m °C), 8 foiz namlikda bo‘lsa, 0,22 W/(m °C). Yacheykali 
betonlami namlanishdan saqlash maqsadida yuzasi turli izolyatsiyalovchi 
donali yoki sepma materiallar bilan qoplanadi. Gazbeton va ko‘pikbeton 
tayyorlanayotganda, gidrofob difillik polimer qo‘shimchalami oz miqdorda 
kiritish kvars qumlarini kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish 
ulami namlanishdan saqlaydi va issiqlik o‘tkazuvchanligi o ‘zgarmasligini 
ta’minlaydi.
Yacheykali betonlarda vaqt mobaynida hajmiy kirishishi tufayli 
yoriqlar hosil b o iad i. Ulaming kirishishi zichligi va qotish sharoitiga 
bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash, 
ularda dastlabki yoriqlar hosil bo‘lishini bartaraf qiladi. 0 ‘rtacha zichligi 
700-800 kg/m3 bo‘lganyacheykali beton, nisbiy namlik 70-80 foiz, harorat 
20°S bo‘lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mm/m ni tashkil etadi. Yacheykali 
betonlar issiqlik izolyatsiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi 
buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlari 
tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalami ajratish pardevorlari, turar- 
joy va sanoat binolari tomlari va boshqa joy larda ishlatiladi. Konstruktiv- 
issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz devorbop bloklar, 
toshlar, tashqi devor panellari tayyoriashda, sanoat sovuqxonalari devor va 
tomlari qurilishida ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin