b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Multimedia mahsuloti – tarkibida musiqa taraladigan,
videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli
ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol,
kompyuterda ishlangan mahsulotdir.
Multimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o‘zida insonga
tushunarli, ko‘p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa,
raqam va harflar) kombinatsiyasida havola qila oladi. Bu texnologiya
axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko‘rsatilgan
shaklda ko‘chirib o‘tkaza oladi hamda ularning xohlagan
kombinatsiyasini yarata oladi.
Undan tashqari multimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o‘zi dizayn
bilan shug‘ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz)
va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o‘z ijodiy
ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muhitga tarqatishi
mumkin.
Multimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy
kompyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy
vositalarining rivojlanishi sabab bo‘ldi. Oxirgi yillarda kompyuterning
tezligi va xotira qurilmalarning sig‘imi keskin oshdi, shuningdek grafik
imkoniyatlari
kengayib,
tashqi
xotira
qurilmalarining
texnik
ko‘rsatgichlari
yaxshilandi.
Multimedia
texnologiyalarining
rivojlanishiga videotexnika yo‘nalishi, lazer disklar, shuningdek yozish
texnikasining hamda tovush va tasvirni hosil qilish texnologiyalarining
rivojlanishi katta hissa qo‘shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich)
221
joylash va saqlash maqsadida tez va samarali o‘zgartirish usullarini
yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi.
8.3. Multimediyanong texnik va dasturiy ta’minoti.