O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/197
tarix11.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#153618
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Multimedia ilovalari 
quyidagilarga bo‘linadi:
Taqdimot/prezentasiyalar
(ing.presentation)–audiovizual 
vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish 
shakli. 
Taqdimot 
yagona 
manbaga 
umumlashgan 
kompyuter 
animasiyasi, grafika, video, musiqa va tovushni o‘zida mujassam etadi. 
Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy 
va strukturaga ega bo‘ladi.
Animasion roliklar

Animasiya – multimediali texnologiya; 
tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-


228 
ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta 
kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo‘ladi.
O‘yinlar

O‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, 
organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma’lum malaka va 
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
Videoilovalar 
– harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va 
namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni 
boshqaruvchi dasturlar.
Multimedia-galereyalar

Galereyalar–tovush 
jo‘rligidagi 
harakatlanuvchi suratlar to‘plami.
Audioilovalar

Tovushli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli 
tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush– bu elektrik signal 
amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar 
– bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy 
qismlari (menyu, navigasiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, 
ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.
Zamonaviy ta’lim vositalari - interaktiv, audio-vizual, multimediali 
o‘quv jihozlari - shunchaki zamonaga mos rusumga aylanib borayotgan 
vositalar emas, balki o‘quvchi-talabalar shaxsini rivojlantirish uchun 
variativ imkoniyatdir. Zamonaviy ta’lim tizimining vazifasi esa 
shunchaki bilim berishdangina emas, balki o‘quvchi-talabalarning ijodiy 
tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. Har qanday 
nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanishi zarur.
Shu sababli o‘qituvchi bergan nazariy axborotlariga qo‘shimcha 
sifatida ta’lim jarayonida amaliy, laboratoriya, loyihali faoliyat talab 
etiladi. Bu mustaqil tadqiqot ishlariga malaka va ko‘nikmalarini 
shakllantirishga yordam beruvchi omil bo‘lib, butun ta’lim faoliyati 
davomida foydalanilishi zarur. O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb 
etish, qiziqtirish juda muhim. O‘qitishni qiziqarlilashishi hamda unda 
barcha talabalarning to‘liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida ta’lim 
jarayoni juda samarali o‘tadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar ham muhim 
o‘rin tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va olingan 
natijalarni solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim jarayonining 
to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida avvalo, ta’limning universal ta’siri, 
uning asosida esa — foydali malaka va ko‘nikmalar, nihoyat keng 
doiradagi salohiyatlari shakllanadi. 
O‘qituvchilarning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va 
amaliy ishlar o‘tkazilishi uchun ko‘p vaqt ajratiladi. Bu davr ruhiga mos 
mutaxassis-kadrlar tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U 


229 
nafaqat o‘quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o‘quv 
materialini o‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada 
amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak beradi. Biroq bunday 
mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi — ayrim 
laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda laboratoriya va 
o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan soz holda 
jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma’naviy eskirib 
borayotganligi va bugungi kun talablariga to‘liq javob bera 
olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi 
vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir 
o‘quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa 
qo‘shimcha sarf-xarajatlar ko‘zda tutilishi zarur. 
Yana bir muhim omil shundan iboratki, ba’zi laboratoriya 
tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt 
ichida ta’lim oluvchilar takror tahlil yoki tajriba-sinovlar o‘tkazishga 
qiynaladilar. Shuning uchun ma’lum bir sohada yetarlicha ish 
ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni qayta-
qayta takrorlash zarur bo‘ladi. Afsuski, an’anaviy ish olib borish 
sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez 
buzilishi va shu sababli qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab qilinishi bois, 
doim ham samaraga erishib bo‘lmaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash 
uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi 
samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘iladi.
Buning uchun laboratoriya stendlari va o‘quv ustaxonalaridagi 
mashg‘ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va 
oson bo‘lishiga erishish lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi, 
barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin 
tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni 
o‘zlashtirishni, umuman, butun ta’lim jarayoni samarasini oshirishi, 
talabalarda o‘z egallagan bilimlariga baho berish imkoniyatini 
ta’minlashi zarur. Aynan shu nuqtai nazardan, zamonaviy multimediali 
texnologiyalarning tatbiq etilishi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal 
qilishda va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf 
etishga ko‘mak beradi. 
Hozirgi davrda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida virtual 
stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Virtual stendning o‘zi 
nima va ta’lim samarasini oshirishda qanday ahamiyatga molik? Virtual 
stend — bu o‘quv amaliy stend yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, 


230 
o‘quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter 
dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy 
ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beruvchi ta’limiy AKT vositasidir.
Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talabaga texnikaga oid o‘z kirish 
ko‘rsarkichlarini «o‘rgatishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon 
beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazishda, uni zarur tartibda tushunish va 
boshqalar bilan bog‘liq vaqt yo‘qotish masalasi esa kompyuter samarasi 
hisobiga bartaraf etiladi. 
Bunda, ayniqsa, moliyaviy zaxiralarning tejab qolinishi muhimdir. 
Zamonaviy oddiy kompakt diskka o‘nlab, ba’zan esa yuzlab laboratoriya 
ishlarini joylashtirish mumkin. Endi bir dona shunday virtual 
laboratoriya stendi qanchalik arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin 
emas. Bundan tashqari, ular bilan birga, ta’lim muassasalarini yalpi 
ta’minlash mumkin. Internetga ulanish tarmog‘ining mavjudligi esa, 
undan ham yaxshi samara beradi. Ta’lim jarayoniga virtual stendlarning 
joriy qilinishi natijasida, an’anaviy ta’limga nisbatan mutaxassislarni 
tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonining yanada yuqori sifati 
ta’minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan o‘qituvchi va test o‘tkazuvchi, 
tizimlar, test topshiriqlari va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollardan 
iborat ixtisoslashgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish, o‘quv 
jarayonining uslubiy asosini tezkor yangilash hisobiga erishiladi.
Bugungi kundagi o‘qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy 
multimedia texnologiyalari hamda ta’lim uchun turli zarur imkoniyatga 
ega bo‘lmoqdamiz. Bu esa ma’lum darajada turli ta’lim muassasalari 
mutaxassislari diplomlarining qadri yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ta’lim jarayonida virtual stendlardan foydalanish ta’lim sifati va 
samarasini oshirib, sarf-xarajatlarni kamaytibgina qolmay, balki ekolo-
gik toza, xavfsiz, muhit yaratilishi omili ham hisoblanadi. Virtual 
stendlar joriy etilishi bilan ta’lim mazmuniga boshqacha yondashuv 
talab etiladi. Multimediya stendlari vositasida o‘quvchilar har qanday 
axborotni nafaqat ko‘rib, balki eshitib ham xotiralarida saqlab qolishlari 
osonlashadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiya-
larining joriy etilishi an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi samaralarga 
erishish imkonini beradi: 

jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan 
boyitish; 

interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish; 

darsning nazariy materialini boyitib borish; 

axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish; 


231 

ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan ko‘proq individual ishlash, 
ularning darsga qiziqishlarini oshirib, egallagan bilimlarilarini 
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; 

ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni 
kompleks o‘rganish; 

ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini, 
texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali 
takomillashtirib borishdan iborat. 
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini 
(EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga 
nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. 
EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv 
qo‘llanma, 
metodik 
ko‘rsatmalar, 
multimediyali 
vositalar, 
ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshi-
riqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’min-
lovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi.Yuqorida 
keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, 
video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv 
plakatlarni kiritish mumkin. 
EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy 
ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi .Odatda, taqdimotni 
o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft 
PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday 
taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, 
pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z 
navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot 
fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida 
yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida 
tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini 
beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va 
iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega.
Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur 
mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati 
va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring 
nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli 


232 
shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro 
interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. 
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: 

tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertat-
siyalash imkoniyati; 

taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayl-
larni) kiritish imkoniyati; 

taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, 
taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan 
domenlardagina «aylantirilishi»; 

video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish; 

elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga 
yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini 
beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz 
tugmachasi); 

masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — 
mos keluvchi kurslarini yaratish; 

taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; 

videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; 

YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish 
imkoniyati. 
 

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin