Audiopochta – telefon orqali pochta xabarlarini ovoz bilan yuborish uchun
mo’ljallangan tizim.
Axborot ( lot. tushuntirish, bayon qilish ) – og’zaki, yozma yoki boshqa
usulda (masalan, shartli signallar, texnika vositalar va boshqalar yordamida)
berilgan, fan tilida esa, odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat o’rtasida
almashinuvchi hamda manbalari va taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar,
shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi
ma’lumot.
Axborot jamiyati – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy
shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga
oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborot zaxiralari ( resurslari ) – bu alohida hujjat va alohida hujjatlar
to’plami, axborot tizimlari (kutub-xona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari,
boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to’plamidir.
Axborot izlash tizimi – kerakli axborotni saqlash, izlash va kerak
bo’lganda berish (chiqarish) uchun ishlatiladigan vositalar to’plami.
Axborot madaniyati – axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va
uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni bilish orqali
inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan
to’liq va o’z vaqtida foydalanish-ni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora
tadbirlarni joylarda tadbiq etishni anglatadi.
Axborot texnologiyasi – obyekt (axborot mahsuloti)ning holati, jarayon
yoki hodisaning yangi xususiyati to’g’risi-dagi axborot olish uchun
ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullari
majmuidan foydalaniladigan jarayon, boshqacha aytganda, axborotlarni yig’ish,
uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va
usullari tizimi; uning maqsadi – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish
va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.