Multimedia vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video,
grafika, matnlar, animasiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan
muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia-texnologiya – kompyuter bilan matnli, grafik, audio va video
axborot almashinuvini dasturiy-texnik tashkil etish.
Obyekt – o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olingan
predmet.
Obyekt nusxasi – obyektlar to’plamidan olingan muayyan obyekt.
Obyektlar to’plami – obyektlar guruhi.
Ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va
materiallar.
Operasion tizim – kompyuter qurilmalarining boshqariladigan kompyuter
dasturlari majmui; bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish
va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o’zaro aloqasini amalga
oshiruvchi, shuningdek, foydalanuv-chining kompyuter bilan muloqotini
ta’minlovchi dasturiy vositalar yig’indisidir.
Operasiya ( amal ) – hisoblash mashinasi berilgan kattaliklar ustida
dasturning biror komandasi bo’yicha bajariladigan qandaydir amal; bir ish
joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui.
Optik tolali kabel – mahalliy hisoblash tarmog’ida foydalaniladigan eng
yangi texnologiya bo’lib, bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u
tarmoq tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi.
Paketli virus — bosh qismi paketli faylda joylshgan virus.