Ma’lumotlar bazasi ( MB ) – obyektlarning muayyan sinflarini tavsiflovchi
axborot massivlarining majmui;kompyuterning uzoq, muddatli xotirasida
saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq, amallarni bajarishga imkon
beradigan ma’lumotlar yig’indisi.
Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respub-lika miqyosidagi
kompyuterlarni o’zida mujassamlash-tirgan tarmoq.
Model ( lot. o’lchov, namuna, me’yor ) – biror obyekt yoki obyektlar
tizimining obrazi, namunasi yoki xususiyat-larining belgilangan guruhi.
Modellashtirish – bilish obyektlarini ularning modellari yordamida tadqiq
qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o’rganish.
Modem – bu modulyasiya va demodulyasiya so’zlaridan olin-gan bo’lib,
uzluksiz signallarni raqamli (modulyasiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz
(demodulyasiya) signalga almashtirib beruvchi maxsus elektron qurilma.
Moddiy zaxiralar – ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat resurslari yig’indisidir, masalan, xom-
ashyo materiallar, yoqilg’i energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va
hokazolar.
Monitor ( lot. eslatuvchi, tasvirlovchi ) – axborotni kineskop ekranida sifatli
aks ettirish uchun qo’llani-ladigan qurilma.
Multimedia ( multimedia-ko’pvositalilik ) – kompyu-terning axborotlarni
rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va
325
sintezlangan musiqalar, animasiya, shuningdek to’laqonli videokliplar, hatto
videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.