322
Global tarmoq
–
dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyu-terlarni o’zida
birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq, bunda yo’ldosh orqali aloqa
kanallaridan foydalaniladi.
Dastur
–
qandaydir ijrochi, odatda avtomatik qurilma, ko’pincha EHM
bajarishi lozim bo’lgan amallar (harakatlar) rejasi.
Dasturiy ta’minoti
–
avtomatlashtirilgan axborot tizimining elementi bo’lib,
hisoblash texnikasi vosita-lari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini
yaratish va undan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash.
Dasturlash
–
dastur, amal (harakat) rejasini tuzish jarayoni.
Dasturlash fani
–
dasturlarni tuzish usullari va yo’llarini o’rgatuvchi fan.
Dasturli virus
—
avtonom ravishda ishlovchi, boshqa dastur qismiga o’z –
o’zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari hamda alohida
kompyuterlarda tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan dastur.
Diskretlash
–
analog signallarni raqamli ko’rinishga o’tkazish jarayoni.
Displey
–
axborotni elektron nurli trubka ekranida vizual tasvirlaydigan
qurilma.
Doktor revizorlar
–
fayl va diskning tizimli sohasidagi o’zgarishlarni
aniqlash bilan birga, o’zgargan fayllarni dastlabki holatiga qaytara oladigan
virusga qarshi dasturlar.
Dostları ilə paylaş: