Katalog — fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa
xossalari haqida ma’lumotlarni saqlaydi.
Kibernetika – boshqarishtizimlari, shakllari va vositalari haqidagi hamda
boshqarishtizimlariga oid umumiy qonunlarni o’rganadigan fan.
Koaksial kabel – ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimi: signalni
modulyasiyalab (raqamli signal qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda
foydalaniladi) va modulyasiyalamasdan (raqamli signalni analogli signalga
aylantirib jo’natiladi va qabul qilishda aksincha; buni modem bajaradi)
uzatishdan foydalanishga imkon beradi.
Kod ( fran. qonunlar majmui ) – turli axborotni uzatish, qayta ishlash va
saqlash uchun mo’ljallangan shartli belgilar tizimi, boshqacha aytganda,berilgan
so’zlar to’plami bilan o’zaro bir qiymatli moslikka ega bo’lgan va biror–bir
alifbo bo’yicha tuzilgan so’zlar to’plami.
Kodlashtirish – axborotni shartli belgilar va qoidalar yordamida belgilab,
tartib bo’yicha uni bir tizimdan boshqa tizimga o’tkazish jarayoni.
Kommunikasion tizimlar – tarmoqdagi kompyuterlar orasida axborotlarni
uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni kommutasiya qilish vazifasini
bajaradigan tizimlar.
Kompyuter ( ingl. Computer ) – hisoblovchi, uning tur-lari: raqamli, analogli
(uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan; uning guruhlari: super
kompyuter-lar (Super Computer); katta kompyuterlar (Manframe Computer);
mini kompyuterlar (Minicomputer); shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal
Computer); bloknot kompyu-terlar (Notebook).
Kompyuter virusi – bu o’lchami katta bo’lmagan dastur yoki dastur
kodidan iborat bo’lib, kompyuterda turli noxush amallarni bajarishga, masalan,
boshqa dastur, hujjat yoki axborot tashish vositasining ma’lum bir qismiga
o’rna-shib olib, ruxsat berilmagan o’zgartirishni amalga oshi-rishga mo’ljallab
yozilgan dastur; uning asosiy turlari: dastur viruslari; yuklanuvchi viruslar;
makroviruslar.