Amaliy dasturiy ta’minoti – bu foydalanuvchining aniq vazifalarini hal
etish va umuman axborot tizimi-ning hisoblash jarayonini tashkil etish uchun
mo’ljal-langan bo’lib, operasion tizimlar imkoniyatlarini ken-gaytiruvchi
paketlar, umumiy belgilanishdagi paketlar, avtomatik boshqarish tizimida
ishlashga mo’ljallangan paketlardan iborat.
Analog (uzluksiz) signallar – biror ma’lum vaqt oralig’ida cheksiz ko’p
qiymatga ega bo’ladigan uzluksiz signallar.
Animasiya – bu obyektlar, kameralar, yorug’lik manbala-rini o’zaro joyini
almashtirish yoki ularning para-metrlarini vaqt bo’yicha o’zgarishiga ega vazifa,
topshiriq.
Antivirus dasturi – bu kompyuter viruslarini aniq-lash, ularni o’chirish va
ulardan muhofazalash uchun ishlab chiqilgan dastur bo’lib, uning turlari:
detektor dasturi; doktor (davolovchi) dastur; revizor (taftish) dasturi; filtrli
dastur; vaksina yoki immunitet hosil qiluvchi dastur.
Arxiv fayl – siqilgan holda yagona faylga birlash-tirilgan bir yoki bir necha
faylning yagona ko’rinishi.
Arxivlash dasturlari – diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini
kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar.
Arxivni ochish – arxiv faylda joylashgan fayllarni asl holatiga qaytarish.
Arxivni yangilash – arxivdagi fayllarning eskiroq versiyasi ustiga yangiroq
versiyasini yozish.
Audiokonferensiya – biror firma yoki tashkilotning hududiy jihatdan
uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’limlari o’rtasida kommunikasiyani saqlab
turuvchi ikki tomonlama audioaloqa.