293
Agar jismoniy shaxslar boshqa tashkilotdan dividend va foizlar
olsa, soliq solinadigan baza hisob-kitobida buni e’tiborga olish zarur
bo‘ladi.
Daromadlaridan dividend va foiz to‘laydigan O‘zbekiston
Respublikasi rezidentlariga 5 foizlik (Soliq kodeksning 337-moddasi
asosida) soliq solinadi.
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi
deganda, norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan,
faoliyatni vakolatli
shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi.
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi
deganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday ketma–
ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida 183 kalendar kunidan ortiq
davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi ham
e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida
faoliyatlarini doimiy
muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar –
yuridik
shaxslarning foydalariga doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq
barcha daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatlarini doimiy
muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar – yuridik
shaxslarning xarajatlariga ular tomonidan O‘zbekiston va uning
atroflariga olib kelgan narsalardan qat’iy nazar, bevosita O‘zbekiston
Respublikasida doimiy muassasa orqali daromad olish uchun
aloqador barcha xarajatlari kiradi.
Agar norezident O‘zbekiston
Respublikasida uchinchi
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, doimiy muassasa shakllanishiga
olib keladigan tayyorgarlik va (yoki) yordamchi turdagi faoliyatni
amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish
nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solinadigan
baza ushbu doimiy
muassasaning bunday faoliyat bilan bog‘liq xarajatlari summasining
20 foizi miqdorida belgilanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
norezidentlarining
doimiy
muassasalar bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlari mana shu
daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirib tashlamasdan
soliqqa tortiladi.
294
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining
doimiy muassasa
bilan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbaida soliq solinadigan
daromadlariga quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
Dostları ilə paylaş: