309
To‘lovchilar
tomonidan
(Soliq
kodeksining
293-modda)
sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aksiz
solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
–
soliq davridan keyingi oyning 13-kunidan kechiktirmay;
Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot
yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi.
O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aksiz solig‘ining kelib tushgan
so‘mmasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq
to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni
“Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi:
–
korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan
tashqari) – hisobot oyidan keyingi oyning 13-kunidan kechiktirmas-
dan har oyda;
–
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – birinchi
chorak, yarim yillik va 9 oy yakunlari bo‘yicha, o‘n kunliklarga
taqsimlagan holda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy
hisobotni taqdim etish muddatida.
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan
aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob- kitobni taqdim
etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi
birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.
Hisobot davri mobaynida un kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aksiz
solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha
hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak.
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bulg‘usi to‘lovlar
hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab
Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga
qaytariladi (agar byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa).
Dostları ilə paylaş: