Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliq solish obyekti: 
Soliq kodeksning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami 
daromad soliq solish obyektidir, bundan Soliq kodeksning 
304-moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos 
xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog‘ida inobatga 
olinmaydigan daromadlar mustasno. 
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushi-
rish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun – 
o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, 
ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va 


314 
ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. 
Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan 
ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining 
zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi 
buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari bilan 
bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar 
bajarilgan 
hamda 
tasdiqlangan 
xizmatlarning 
buyurtmachi 
materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida 
belgilanadi;
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik 
shaxslar uchun – moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad 
summasi; 
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik 
xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha 
vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun — 
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun 
– agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi 
(tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur 
norma ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, 
madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul 
beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi;
notijorat tashkilotlarining Soliq kodeks 318-moddasining 
birinchi qismida ko‘rsatilmagan daromadlari. 
Soliq solish obyekti bo‘lib quyidagilar ham hisoblanadi: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) quyidagilarga: 
a) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) 
taqdirda yoxud uning yuridik shaxsdagi ulushi kamaytirilganda yoki 
yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu yuridik shaxsda 
ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu 
ishtirokchiga berish; 
b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan 
ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda 
aksiyadorga berish; 


315 
d) yuridik shaxs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga 
berish; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxs mehnatiga haq 
to‘lash hisobidan yoki dividend to‘lash hisobidan berish; 
3) tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish 
uchun berish, agar tovarlar va (yoki) mulk qayta ishlash mahsuloti 
sifatida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa; 
4) ko‘p marta aylanadigan, sotuvchiga qaytarilishi shart 
bo‘lgan idishlarni, agar idish mahsulotni shunday idishda yetkazib 
berish shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa, 
berish. 
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi 
vauchyerlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi. 
Uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar Soliq 
kodeksning 303-moddasida nazarda tutilgan tartibda jami daromad 
tarkibiga kiritiladi. 
Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chog‘ida 
kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o‘rtasidagi saldo soliq solish obyekti 
deb e’tirof etiladi. Kursdagi salbiy farqning summasi kursdagi ijobiy 
farq summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa 
aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq bazasini 
kamaytirmaydi. 
Soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i 
to‘lash davrida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tguniga 
qadar olingan daromadlar jami daromadga kiritilmaydi. 
Quyidagilar soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydi: 
1) brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga 
o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga; 
2) komissiya shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – tovarlarni import qilishda 
to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar 
ulushida; 
3) turizm faoliyati subyektlari uchun – turistik xizmatlarni 
onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy 


316 
mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan 
mablag‘lar summasiga. 
Xaridorlar hisob-kitob va yo‘lda yurish hujjatlari haqini to‘lagan-
laridan so‘ng tovarlarni qaytargan, shuningdek, buyurtmachilar ilgari 
haqi to‘langan ishlar yoki xizmatlardan voz kechgan taqdirda, da’vo 
qilishning bir yillik muddatiga rioya qilingani holda tovarlar (ishlar, 
xizmatlar)ni sotish bo‘yicha aylanmalarga shunday operatsiyalar 
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi miqdorida o‘zgarish 
kiritiladi. 
Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ushbu muddat 
doirasida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar 
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olinishi yoki 
qaytarilishi xaridorlarning hisob-kitob hujjatlariga dastlabki haq 
to‘lashi va soliqning byudjetga tushish muddatidan qat’i nazar 
amalga oshiriladi. 
Soliq solinadigan baza, agar boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, 
realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) 
qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmagan holda 
belgilanadi. 
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan 
narxdan (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlar ham hisobga olingan 
holda) past narxlarda realizasiya qilingan taqdirda, shuningdek, 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilganda soliq solish maqsadlari 
uchun soliq solinadigan baza tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) 
tannarxidan yoki tovarlar olingan narxdan (tovarni olish bilan bog‘liq 
xarajatlar hisobga olingan holda) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Tovarlar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan 
tayyorlangan taqdirda, soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xizmatlarining qiymati 
asosida, aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha esa, ularni qayta ishlash 
xizmatlari qiymati asosida, Soliq kodeksining 290-moddasiga 
muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ini hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish- 
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar, xizmatlar bo‘yicha, 
shuningdek, obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda 


317 
shartnomaviy narxlardan kelib chiqqan holda hisob-kitob hujjatlari 
haq to‘lash uchun taqdim etilgan, bajarilgan va buyurtmachi 
tomonidan tasdiqlangan ishlarning, xizmatlarning qo‘shilgan qiymat 
solig‘i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Pudrat yoki ikkilamchi pudrat tashkilotlari tomonidan obyektlar 
qurish uchun qurilish pudrati shartnomasi tuzilgan taqdirda, 
bajarilgan va tasdiqlangan ishlarning pudratchi (yordamchi 
pudratchi) va buyurtmachining soliq solish maqsadida realizatsiya 
qilingan deb hisoblanadigan materiallari qiymati kiritilgan, ushbu 
bo‘limda belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan 
qiymat soliq solinadigan bazadir. 
Qurilish-montaj, ta’mirlash va ta’mirlash-qurilish ishlarini baja-
rish uchun shartnoma tuzilganda, agar shartnomaga binoan bu 
ishlarni materiallar bilan ta’minlash vazifasi buyurtmachining zim-
masida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurt-
machining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, bajarilgan hamda tasdiq-
langan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan 
qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan savdo korxona- lari 
import qilgan tovarlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq 
solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qo‘shilgan 
qiymat solig‘i kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import 
qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun 
qabul qilingan qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas. 
Aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga 
aksiz solig‘ining so‘mmasi kiritiladi. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiya qilingan 
taqdirda, soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 
ham o‘z ichiga oladigan, ularning realizatsiya qilish narxi bilan 
qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.
Mol-mulk moliya ijarasiga, shu jumladan, lizingga berilgan 
taqdirda, soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 
o‘z ichiga oladigan, chiqib ketayotgan aktiv qiymati bilan uning 
balans (qoldiq) qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. 


318 
Tugallanmagan qurilish obyekti realizatsiya qilingan taqdirda, 
soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ham o‘z 
ichiga oladigan, tugallanmagan qurilish obyektini realizatsiya qilish 
narxi bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. 
Transport ekspedisiyasi shartnomasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsa-
tilgan taqdirda, ekspeditorning soliq solinadigan bazasi qo‘shilgan 
qiymat solig‘ini ham o‘z ichiga oladigan, mukofot tariqasida olinishi 
lozim bo‘lgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vositachilik shartnomasi, topshiriq yoki vositachilik xizmatlari 
ko‘rsatish bo‘yicha boshqa shartnoma asosida o‘zga shaxsning 
manfaatlarini ko‘zlab xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda, qo‘shilgan 
qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat 
solig‘i so‘mmasini ham o‘z ichiga oladigan, ko‘rsatilgan xizmat 
uchun pul mukofoti (foiz) tariqasida olinishi lozim bo‘lgan 
so‘mmadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vositachilik shartnomasiga, topshiriqqa binoan ishonchli shaxs yoki 
komitent O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, 
soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlar- ning 
qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan qiymatidan kelib chiqqan 
holda belgilanadi. Bunda soliq solinadigan baza mazkur tovar import 
qilinganida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun qabul 
qilingan qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas. 
Garovga qo‘yuvchi garov mol-mulkini garov bilan ta’minlan- gan 
majburiyatni bajarish hisobiga topshirgan taqdirda, garovga 
qo‘yuvchining soliq solinadigan oboroti miqdori garovga oluvchi 
tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan, 
biroq qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shmagan holda mazkur garovga 
qo‘yilgan mol-mulkka olingan zayom mablag‘lari summasidan kam 
bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Garovga topshirilgan asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar 
bo‘yicha garovga qo‘yuvchining soliq solinadigan bazasi qo‘shilgan 
qiymat solig‘ini ham o‘z ichiga oladigan, ularning realizasiya qilish 
narxi bilan balans (qoldiq) qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib 
chiqqan holda belgilanadi.
Qaytariladigan tara soliq solinadigan oborotga kiritilgan taqdirda, 
tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, soliq solinadigan baza 


319 
mazkur taraning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ham o‘z ichiga 
oladigan garov qiymati asosida belgilanadi. 
Soliq to‘lovchining soliq solinadigan bazasiga quyidagi hollarda 
tuzatish kiritiladi: 
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o‘zgarganda; 
3) narxlar o‘zgarganda, sotib oluvchi arzonlashtirishdan foyda-
langanda; 
4) bajarilgan ishlardan, ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechil-
ganda. 
Soliq solinadigan bazaga tuzatishni kiritish bir yillik muddat 
ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
bo‘yicha esa, kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin