303
d) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga
yoki ishtirokchiga
berish;
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta
ishlash uchun topshirish, shuningdek, qaytarish sharti bilan berilgan
xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuning-
dek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning
mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan
berilgan xom ashyo va materiallarning
mulkdoriga ishlab chiqa-
ruvchi tomonidan topshirish;
5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun
foydalanish;
6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining
bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilg‘isini
va gazni yakuniy
iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun
foydalanish;
8) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish;
9) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va
(yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import
qilinadigan aksiz to‘lanadigan
tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi,
bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar
mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug‘urta orqali
to‘langan yoki uning o‘rni qoplangan taqdirda, aksiz solig‘i sug‘urta
orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan
xom ashyodan mahsulotga
aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan
mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
–
aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot
bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib;
–
boshqa mahsulotlar bo‘yicha
tayyor mahsulotni ishlab
chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan
beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib.
Aksiz solig‘i so‘mmasi quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
Toza etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari
belgilangan mahsulot bo‘yicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot
(kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari)
304
(F x A) / 100, (3)
bunda
F – tayyor mahsulot tarkibidagi spirt (o‘tkirligi), foizlarda (undan
spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar);
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda.
Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari
belgilangan mahsulot bo‘yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, etil
spirti, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i va tamaki mahsulotlari)
S x A, (4)
bunda:
S – tegishli o‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi;
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda.
Boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha,
(O x A) / 100, (5)
bunda
O – o‘z ichiga aksiz solig‘ini oladigan narx, QQSsiz;
A – aksiz solig‘i stavkasi, foizlarda.
Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i
belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda aksiz markazlarining
nominal qiymati aksiz solig‘ini to‘lash hisobiga kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: