300
e) asosiy
vositalar,
tugallanmagan
qurilish
obyektlari
(tugallanmagan qurilishni hisobga oluvchi hisob varaqlarda hisobga
olinadigan) va nomoddiy aktivlarni korxonalarning ustav kapitaliga
ulush sifatida berish bo‘yicha aylanmalar.
QQSdan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqaruvchi korxonalar moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar)ni QQS
bilan sotib oladilar.
Bunda sotib olingan moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar)ga doir
QQS ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi. Savdo, ta’minot-sotish
va tayyorlash korxonalari QQSni xarid qilingan tovar qiymatiga
kiritadilar.
Shunga o‘xshash sotib olingan moddiy resurslar (ishlar,
xizmatlar) bo‘yicha QQS so‘mmalarini ishlab chiqarish va muomala
xarajatlariga, savdo, ta’minot-sotish va tayyorlash korxonalari
bo‘yicha xarid qilingan qiymatga kiritish tartibi amaldagi soliqqa
tortishning alohida tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan
ham qo‘llaniladi.
Agar korxona QQSdan ozod qilingan faoliyat turi bilan bir
qatorda bunday soliqqa tortiladigan faoliyatni ham amalga
oshiradigan bo‘lsa, unda u faoliyatning bunday turlari bo‘yicha
xarajatlar va natijalarning alohida hisobini yuritishi kerak.
Agar korxona yetkazib berilishi QQSga tortiladigan va bunday
soliqqa tortilmaydigan bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan
bo‘lsa, unda bunday holda xarajatlarning ajratib ko‘rsatilishi soliq
solinadigan aylanmaning jami aylanma summasidagi salmog‘iga
qarab amalga oshiriladi.
QQS tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish
jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qismining byudjetga
ajratilishidir.
Dostları ilə paylaş: