Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

QQS solig‘i obyekti
tovarlarning sotilishida o‘zi ishlab 
chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga 
doir aylanmalar hisoblanadi. Iste’molchilik maqsadi va qiymatiga 
ega bo‘lgan hamma narsa (tovar, mahsulot, ko‘chmas mulk, shu 


298 
jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek, elektr va issiqlik 
energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar hisoblanadi. Ishlarning 
sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, ta’mirlash, ilmiy-tadqiqot
tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyiha-qidiruv, restavratsiya qilish 
va boshqa ishlar qiymati ham soliqqa tortish obyekti hisoblanadi.
QQS solish obyekti bo‘lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning 
sotilishi bo‘yicha aylanmalar hisoblanadi. QQSdan ozod qilingan, 
o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) 
uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno. 
Quyidagilar soliq solish obyektidir: 
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; 
2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. 
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali 
amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning 
faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. 
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) 
mol-mulkni realizatsiya qilish; 
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini 
huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o‘tkazish; 
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni 
ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnoma-
sining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruv-
chining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq 
operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari 
mustasno). 
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar 
deganda yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan 
xizmatlar tushuniladi. Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati 
soliqqa tortish obyekti hisoblanadi: 
1) tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan
tovarning qarz shartnomasi bo‘yicha o‘tkazish; 


299 
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan 
o‘zini oqlaydigan hollar mustasno; 
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish; 
4) tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish.
Quyidagilar soliq solinadigan aylanmalarga kiritiladi: 
1) pullik asosda xizmatlar ko‘rsatish; 
2) bepul xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, mol-mulkni soliq to‘-
lovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmat-
larni ko‘rsatish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar mustasno. 
Korxona ichida o‘zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan 
foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi tannarxi soliq 
solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi. 
Berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida 
ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda), aksiz 
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha esa - aksizlar hisobga olingan holdagi 
ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin