Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

4.
 
O‘zbekiston Respublikasida aksiz va QQS solig‘i qaysi 
solig‘lar tarkibiga kiritiladi.? 
A)
respublika 
B)
umum 
C)
davlat 
D)
qo‘shni respublika 
5.
 
QQS solig‘i 2020-yilda necha foiz qilib belgilangan? 
A)
18 
B)
20 
C)
15 
D)
12 
 


321 
20-MAVZU: DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARIGA 
TO‘LANADIGAN MAJBURIY TO‘LOVLAR 
 
Reja: 
1. Byudjetdan tashqari fondlarning mohiyati va maqsadi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi. 
3. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi. 
4. Ijtimoiy soliq. 
 
Kalit so‘zlar:
byudjetdan tashqari fondlar, pensiya fondi,
 
ish 
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi, yo‘l fondi.
 
Mashg‘ulotning maqsadi:
byudjetdan tashqari fondlarning 
mohiyati va maqsadi; ijtimoiy va iqtisodiy fondlar; Respublika 
pensiya va yo‘l fondi tuzilmasini yoritib berish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar . 
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish.
1. Byudjetdan tashqari fondlarning mohiyati va maqsadi 
 
Ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan 
faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yangicha amaliy va 
samarali shakllarni qo‘llashni talab etadi. Jahon tajribasining 
ko‘rsatishicha, byudjetdan tashqari jamg‘armalar tizimi faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish va undan samarali foydalanish bu shakllar ichida 
muhim o‘rin tutadi. 
Byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalar 
moliyaning 
asosiy 
bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan 


322 
moliyaviy mablag‘larning markazlashtirilishini o‘zida mujassam 
etadi. Ular asosan ikki muhim vazifani hal etadi, ya’ni: 

iqtisodiyotning muhim jabhalarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan 
ta’minlash; 

aholining ijtimoiy ta’minotini kengaytirish; 

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar shu o‘rinda quyidagi 
xususiyatlarga ega; 

hokimiyat organlari tomonidan rejalashtiriladi va boshqariladi, 
hamda maqsadli yo‘nalishga ega; 

byudjetdan tashqari jamg‘armalarning pul mablag‘lari davlat 
byudjeti tarkibiga kirmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun 
qo‘llanadi; 

asosan jismoniy va yuridik shaxslar majburiy badallar tariflari 
davlat tomonidan belgilanadi va majburiy hisoblanadi; 

ularning pul mablag‘lari davlat ixtiyorida bo‘lib, ular davlat 
byudjeti tarkibiga kiritilmaydi, bu mablag‘lar qonunda kuzda 
tutilmagan boshqa maqsadlar uchun jalb etilmaydi. 
Byudjet 
vujudga 
kelganga 
qadar, 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalar yoki alohida schyotlar shaklida vujudga kelgan. Davlat 
o‘z faoliyatini kengaytirish doirasida shunday xarajatlarga duch 
kelganki, ularni qoplash uchun mablag‘ zarur bo‘ladi. Bu mablag‘lar 
maxsus maqsadlarda tashkil etilgan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar 
edi. Bunday jamg‘armalar qoida bo‘yicha vaqtincha harakterga ega 
edi. Shuning uchun ham, bu kabi jamg‘armalar soni muntazam 
o‘zgarib turgan. Markazlashtirilgan hokimiyatning mustahkam- 
lanishi munosabati bilan maxsus jamg‘armalarning unifikatsiya 
(birlashish) jarayoni boshlanadi. Aynan turli jamg‘armalarning 
birlashishidan davlat byudjeti yaratildi. Shu tarzda byudjet bilan bir 
qatorda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ahamiyati oshib bordi. 
Hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan 
tashqari jamg‘armalari umummilliy harakterga ega bo‘lib, ulardan 
asosan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda 
foydalanish lozim. Mamalakkat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
muhim masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion 
huquqlarini amalga oshirish; 


323 

aholining ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan 
(pensionerlar, nogironlar, ishsizlar va hokazo) va iqtisodiy nochor 
qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash; 

iqtisodiyotning ma’lum bir sohalarini ma’lum miqdordagi 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; 

yo‘l xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirishga doir amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish va hokazo. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti milliy iqtisodiyoti tarmoqlarida 
bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Mamlakat xalq xo‘jaligi 
tarmoqlari o‘z o‘rnida qayta ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish 
fondlarini kengaytirishni talab etadi. Bularning hammasi moliyaviy 
muhitda inqirozning o‘sishi bilan kuzatiladi: inflyatsiya darajasi 
o‘sadi, byudjet taqchilligi oshadi, mamlakat ichki va tashki qarzlari 
ko‘payadi. Buning natijasida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
salohiyati pasayadi, bu esa uz navbatida aholining, ayniqsa, uning 
ijtimoiy himoyalangan qatlamlari hayot darajasining pasayishiga olib 
keladi. Shu tariqa, mamlakat miqyosida ma’lum miqdordagi 
maqsadli moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab yuzaga keladi. Bu 
talabning qondirilishi davlat va milliy byudjet hamda byudjetdan 
tashqari jamg‘armalar moliyaviy resurslar orqali amalga oshiriladi. 
Moliyaviy resurslarning cheklanganligi har qanday vaqtda 
moliyaviy resurslarning qayta taqsimotini talab etadi. O‘z o‘rnida 
iqtisodiyotning og‘ir moliyaviy holatida resurslarning qayta taqsi-
motiga bo‘lgan talab ham oshib boradi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
muayyan ko‘rinishidagi xarajatlarga nisbatan daromadlarning 
mustahkamlanmaganligi 
mablag‘larning 
samarasiz 
safarbar 
etilishiga olib kelmoqda. Shuning uchun ham, kelib tushayotgan 
mablag‘larning maqsadli yo‘nalishini va safarbar etilishini 
ta’minlash lozim. Ushbu masalaning hal etilishi ikki usulda amalga 
oshirilishi mumkin, ya’ni: 

davlat yoki mahalliy byudjet tomonidan ma’lum maqsadga 
yo‘naltirilgan mablag‘larning ajratilishi; 

qonun chiqaruvchi davlat organi tomonidan aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan yangi byudjetdan tashqari jamg‘armani shakllantirish. 
Iqtisodiy holatning dinamik o‘zgarishi, shu o‘rinda moliyaviy 
resurslarning qayta taqsimotini tezkor boshqaruv qarorlari orqali 


324 
oldindan belgilash juda muhimdir. Ma’lumki, byudjet mablag‘lari- 
ning tasarruf etilishi qonun chiqaruvchi organlar tomonidan, 
byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari esa, mamlakat ijro 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mohiyati jihatidan sof davlat 
jamg‘armalari emas, chunki ular aralash xususiyatga ega. Ular 
shakllanish manbalariga ko‘ra korxona va muassasalar ajratadigan 
mablag‘lardan iborat bo‘lib, markazlashgan holda va davlat nazorati 
ostida jamg‘ariladi, davlat tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoidalarga 
muvofiq taqsimlanadi va foydalaniladi. 
Byudjetdan tashqari tashkil etilishining zarurligini va maqsadga 
muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil byudjet 
taqchilligidir. Xarajatlarning daromaddan o‘sib ketishi moliyaviy 
resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar 
va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab 
etadi. Va nihoyat xo‘jalikni va xususiylashtirishni kup kirrali 
shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatga pul 
mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini 
qat’iy talab etadi. 
Shunday qilib byudjetdan tashqari jamg‘armalar – jamiyatning 
ayrim maqsadli xarajatlarini moliyalashtirish va kompleks ravishda 
operativ mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash uchun, davlat 
orqali jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va 
foydalanish usulidir. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga tushadigan mablag‘larning 
foydalanish yo‘nalishlari, bu jamg‘armaning maqsadlariga, konkret 
iqtisodiy sharoitga qarab ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan 
rejalar asosida belgilanadi. Mablag‘larning bir qismi ta’sis 
faoliyatiga yo‘naltiriladi hamda qimmatli qog‘ozlarni olish uchun 
ham yo‘naltirilishi mumkin. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
investorlar va moliyaviy bozorning qatnashchisi bo‘lishi mumkin, 
chunki bu birinchidan, odatda pul mablag‘lari bilan foydalanish vaqti 
ularning vujudga kelishi bilan to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan, 
investitsion faoliyat natijasida daromadlar tegishli jamg‘armalarning 
xarajatlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi. 


325 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish huquqiga 
respublika va mahalliy organlar ega. Respublika darajasida tashkil 
etilgan byudjetdan tashqari jamg‘armalar, odatda mahalliy organlar 
ixtiyoriga bir qismini ajratish bilan harakterlanadi. 
Bu respublika va mahalliy byudjetdan tashqari jamg‘armalarga 
tushadigan soliqlarning ulushini aniqlash yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi quyidagi byudjetdan 
tashqari jamg‘armalar mavjud bo‘lib, ularni ikki guruhga bo‘lib 
o‘rganish mumkin: 
1. Ijtimoiy jamg‘armalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi. 
2. Iqtisodiy jamg‘armalar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l 
jamg‘armasi, Davlat Mulki Qo‘mitasining Maxsus hisob raqami. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin