2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – pensiya ta’minoti
tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar, ajratmalar va to‘lovlarning
to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan
ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida mablag‘ bilan
ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish bosh boshqarmalari ijtimoiy ta’minot tuman (shahar)
bo‘limlarining hisob raqamlarida jamlanadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va
ajratmalar
yig‘ilishini
ta’minlashni,
shuningdek,
ushbu
mablag‘larning jamg‘armaga to‘liq tushishi ustidan nazoratni
O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari amalga oshiradilar.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
326
– fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘urtaga
bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish;
– qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar,
shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lashga
xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash.
– davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari,
ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlarining maxsus maqsadli
byudjetdan tashqari hisob raqamlarida jamlash.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligiga ko‘rsatmalar va uning joylardagi organlari:
– ishlamaydigan shaxslarga, yuridik shaxs bo‘lmasdan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, shuningdek
ular tomonidan ijtimoiy sug‘urta badallari to‘langan taqdirda dehqon
xo‘jaligi a’zolariga davlat pensiyalari, ijtimoiy nafaqalar, vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bola
tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, dafn marosimi nafaqalarini o‘z
vaqtida tayinlaydilar, moliyalashtiradilar va Jamg‘arma mablag‘lari
hisobidan to‘laydilar;
– «Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunining
15-moddasiga
muvofiq
mehnatda
mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli
tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni aybdor yuridik va
jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda
undirib oladilar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslardan, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha
ixtiyoriy badal to‘lovchi dehqon xo‘jaligi a’zolaridan badallar
tushishining hisobini olib boradilar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslarning, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha ixtiyoriy badal to‘lovchi dehqon xo‘jaligi a’zolarining
mehnat daftarchalarini yuritadilar va saqlaydilar;
327
ish joyidan to‘lanadigan pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta
nafaqalarini to‘lash bo‘yicha yuridik shaxslar xarajatlarining
yetmaydigan qismini qorlaydilar;
Jamg‘arma mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy
maqsadli sarflaydilar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga va dehqon xo‘jaligi a’zolariga
to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini
beruvchi hujjatlarning ishonchliligini tekshiradilar;
davlat ijtimoiy sug‘urta tizimining barqarorligini ta’minlash
va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tad-
birlarni ishlab chiqish maqsadida Jamg‘armaning moliyaviy ahvolini
prognozlashtirish bo‘yicha aktual hisob-kitoblarni amalga oshira-
dilar;
davlat ijtimoiy sug‘urtasi majburiy badallari miqdorlarini
belgilash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydilar;
pensiyalar va nafaqalar barqaror va o‘z vaqtida to‘lanishini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahira fondini tashkil etishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar tayyorlaydilar;
Jamg‘armadan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ijtimoiy
to‘lovlarni
ta’minlash
masalalari
bo‘yicha
O‘zbekiston
Respublikasining halqaro majburiyatlarini amalga oshiradilar;
kelgusi yil uchun Jamg‘arma daromadlari manbalari va
xarajatlar yo‘nalishlari prognozi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqadilar va
Moliya vazirligiga taqdim etadilar;
Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risida tayyorlangan
hisobotni, shuningdek, yiliga bir marta Jamg‘arma daromadlari va
xarajatlarining holati to‘g‘risidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi
natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan
tartibda taqdim etadilar;
o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘arma vazifalarini amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar va uslubiy hujjatlarni
ishlab chiqadilar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan
holda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh resurslarini O‘zbekiston
328
Respublikasi tijorat banklaridagi muddatli derozitlarga hamda qisqa
muddatli davlat obligatsiyalariga joylashtiradilar;
pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta nafaqalari o‘z vaqtida
hisoblanishi va to‘lanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha joylardagi
davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar;
Davlat soliq xizmati organlari:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy badallar,
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ajratmalar va to‘lovlar to‘g‘ri
hisoblab chiqilishi, Jamg‘armaga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishining
hisobini olib boradilar va nazorat qiladilar;
Jamg‘armaga majburiy to‘lov to‘lovchilarning to‘liq hisobga
olinishini va ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yuritilishini
ta’minlaydilar;
rejali tekshirishlarni amalga oshirishda (zarur bo‘lganda,
ijtimoiy ta’minot organlarining xodimlarini jalb qilgan holda) yuridik
va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg‘armaga sug‘urta badallari,
ajratmalar, to‘lovlar va kompensasiya (tovon) to‘lovlarining to‘g‘ri
hisoblanishini, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
Jamg‘arma bilan o‘zaro hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar;
hisoblash tartibi va to‘lov muddatlarini buzganlik uchun
yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy
va ma’muriy choralar qo‘llaydilar;
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga har chorakda quyidagilarni
taqdim etadilar:
a) badallarning shaxslar bo‘yicha hisobini va mehnat
daftarchalarini yuritish uchun yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va dehqon xo‘jaliklari
a’zolari tomonidan to‘langan badallarning miqdori to‘g‘risida
ma’lumotlar;
b) Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Jamg‘armaga badallar,
ajratmalar va to‘lovlar hisoblanishi va ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar, ajratmalar va
to‘lovlarni mustaqil ravishda to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar:
329
jamg‘armaga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni qonun
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda hisoblaydilar va
to‘laydilar;
ish joylarida to‘lanadigan jamg‘arma mablag‘larining
maqsadli yo‘nalishda sarflanishiga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydilar;
jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha belgilangan shakldagi
hisobotlarning ishonchliligini va ularning davlat soliq xizmati
organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydilar.
Jamg‘arma daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, yuridik shaxs
bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarning sug‘urta badallari;
fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari;
dehqon
xo‘jaliklari
a’zolarining
ixtiyoriy
ravishda
to‘lanadigan sug‘urta badallari;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning belgilangan
tartibda ajratiladigan majburiy ajratmalari;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq
tayinlangan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida
nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun
regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan
undiriladigan mablag‘lar;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq
muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini
qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashish Jamg‘armasi mablag‘lari;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq
tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun
o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
hisoblangan jarimalar so‘mmalari, qonun hujjatlariga muvofiq
soliq
organlarini
rivojlantirish
Jamg‘armasiga
undiriladigan
330
so‘mmalardan tashqari, sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z
vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan
bog‘liq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki
sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash
uchun to‘lanadigan summalar.
Sug‘urta badallari, majburiy ajratmalar, hisoblangan jarimalar
va penyalar miqdori va ularni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari:
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan
pensiyalarni;
bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga
ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga
nafaqalarni;
bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni;
dafn marosimi nafaqalarini;
korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan
bog‘liq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki
sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash
uchun to‘lanadigan so‘mmalarni;
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalariga
qo‘shimcha ta’til uchun to‘lovni;
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya Jamg‘armasidan mablag‘
bilan ta’minlanadigan boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashga
yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining xo‘jalik xarajatlari va ularda
axborot texnologiyalarini yaratish xarajatlarini qoplash uchun
majburiy badallar hamda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalarni
to‘lash tartibini buzganlik uchun undirilgan penya va jarimalar
so‘mmasining Jamg‘armaning maxsus hisobiga tushgan mablag‘idan
10 foizi yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma
mablag‘laridan
qonun
hujjatlarida
nazarda
tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
331
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning majburiy sug‘urta
badallari moliyalash manbalaridan qat’iy nazar, soliq ushlanmalarini
hisobga olishlarsiz, barcha ish haqi (daromad) turlariga hisoblanadi,
bundan quyida ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar mustasno:
1. Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya.
2. Ishdan bo‘shash chog‘idagi ishdan bo‘shash nafaqasi.
3. Moddiy yordam sifatida beriladigan pul nafaqalarining turli
xillari.
4. Kompensatsiya to‘lovlari (xizmat safarlariga oid sutkalik
pullar va sutkalik pul o‘rniga to‘lanadigan to‘lovlar, ish bilan bog‘liq
shikastlanish yoki boshqa xildagi sog‘liqqa yetkazilgan zarar
natijasida ko‘rilgan zararning qoplanishiga oid to‘lovlar).
5. Ayrim toifadagi xodimlarga tekinga beriladigan kvartiralar,
kommunal xizmatlar, yoqilg‘i, oylik yo‘l chiptalari qiymati yoki
ularni qoplash qiymati.
6. Berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va yakka
tartibdagi boshqa himoya vositalari, sovun, yog‘sizlantirish
vositalari, sut va davolash-profilaktika ovqatlanishining qiymati.
7. Bepul ovqatlanish qiymati.
8.
Tushliklarga
oid
dotatsiyalar,
sanatoriy-kurortlarda
davolanishga, dam olish uylariga yo‘llanmalarning qiymati, stasionar
va ambulatoriyada davolanish uchun to‘lovlar.
9. Ishlash uchun boshqa hududga o‘tkazish yoxud ko‘chib
o‘tish chog‘ida borish, mol-mulkni tashish va xonani ijaraga olish
bo‘yicha xarajatlarning qoplanishi.
10. Doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki sayyor tusga ega bo‘lgan
yoxud xizmat safarlari munosabati bilan bog‘liq hollarda ish haqiga
sutkalik to‘lov puli o‘rniga qo‘shimcha to‘lov va ustamalar.
11.
Mehnat
uchun
taqdirlashlarsiz
ishlangan
kunlar
(shanbaliklar, yakshanbaliklar va sh. k. ) uchun tegishli byudjet yoki
hayriya fondlari hisobiga o‘tkaziladigan ish haqi.
12. Ish haqi fondi (mehnatga haq to‘lash fondi) hisobidan
o‘tkaziladigan yubiley sanalari, tug‘ilgan kunlar munosabati bilan,
uzoq yillik va nuqsonsiz mehnat faoliyati, faol jamoatchilik ishi
uchun va boshqa shunga o‘xshash hollarda rag‘batlantirish to‘lovlari
(bunga mukofotlar ham kiradi).
332
13. Musobaqalar, ko‘riklarda, tanlovlar va shu kabilarda
sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan pul mukofotlari.
14. Korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarishdan
ajralgan holda o‘qish uchun yuborilgan o‘quvchilarga to‘lanadigan
stipendiyalar.
15. Korxona, muassasa va tashkilotlar hisobidan yosh
mutaxassislarga oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomla-
ganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun to‘lanadigan nafaqalar.
16. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik
bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar.
Doimiy ravishda xorijda istiqomat qiluvchi, mulkchilik
shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi korxonalari
(tashkilotlari,
muassasalari)da
fuqarolik-huquqiy
tusdagi
shartnomalar bo‘yicha ishlovchi xorijiy davlatlar fuqarolari,
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining daromadlaridan (ish haqlaridan) yagona ijtimoiy
to‘lov va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga oid majburiy sug‘urta badallari
hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |