3. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘makla-
shuvchi davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Ish bilan ta’minlash
jamg‘armasi deb yuritiladi) aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi
davlat siyosatini amalga oshirish hamda mehnat, aholini ish bilan
ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlarining
(keyingi o‘rinlarda mehnat bo‘limlari deb ataladi) samarali faoliyat
ko‘rsatishi tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
tarkibida tashkil etilgan.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi byudjetdan tashqari maqsadli
davlat jamg‘armasi hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida
tashkil etiladi va uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan
foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolingan holda
Davlat byudjeti tarkibida jamlanadi hamda Jamg‘armaning mustaqil
balansida aks ettiriladi.
333
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining byudjetdan
tashqari maqsadli maxsus hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda ish
beruvchilar deb yuritiladi) ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Ish
bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larining yetmish foizi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ixtiyorida qoladi,
keyinchalik tumanlar va shaharlar o‘rtasida taqsimlanadi, o‘ttiz foizi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, tegishli hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari bilan pul o‘tkazish
yo‘li bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini tegishli ravishda
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari
tasarruf etadilar.
Quyidagilar Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining asosiy
vazifalari hisoblanadi:
ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat
kafolatlarini amalga oshirish;
mehnat bo‘limlari ta’minotini moliyalashtirish;
tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish
o‘rinlarini saqlab qolish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun
kreditlar berish;
fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan
ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish, sotsiologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan
bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash.
334
Ko‘rsatib
o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi va uning joylardagi organlari:
ish beruvchilarning majburiy ajratmalarini O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining byudjetdan
tashqari maqsadli maxsus hisob raqamlarida jamlaydilar;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘laridan ishsizlik
nafaqalarini, ishsiz fuqarolarga moddiy yordamni va qonun
hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida tayinlaydilar,
moliyalashtiradilar va to‘laydilar;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘laridan qonun
hujjatlariga muvofiq qat’iy maqsadli foydalanadilar;
ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining barqarorligini
ta’minlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi
chora tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Ish bilan ta’minlash
jamg‘armasining moliyaviy ahvolini prognozlash bo‘yicha aktuar
hisob-kitoblarni amalga oshiradilar;
majburiy ajratmalar miqdorlarini belgilash to‘g‘risida
takliflar tayyorlaydilar;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining kelgusi yil uchun
daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari prognozi
loyihasini ishlab chiqadilar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga taqdim etadilar;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi byudjetining ijrosi
to‘g‘risidagi har oylik hisobotlarni, shuningdek, yiliga bir marta Ish
bilan ta’minlash jamg‘armasi daromadlari va ulardan foydala-
nishning ahvoli to‘g‘risidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi
natijalarini tayyorlaydilar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadilar;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi vazifalarini amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari
doirasida ishlab chiqadilar;
335
joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish
bilan ta’minlash hududiy dasturlarini amalga oshirishda, haq
to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etishda qatnashadilar;
majburiy ajratmalar va to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishini va
o‘z vaqtida Ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga to‘liq to‘lanishini
hisobga oladilar va nazorat qiladilar;
ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalar va to‘lovlar
to‘g‘ri hisoblab chiqilishini, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga
muvofiq
Ish
bilan
ta’minlash
jamg‘armasi
bilan
o‘zaro
hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar;
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ajratmalarni hisoblab
chiqarish tartibini va to‘lov muddatlarini buzganlik uchun mansabdor
shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy choralar qo‘llaydilar;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining to‘lov subyektlari va
moliyalashtirish obyektlari bo‘yicha to‘liq hisob-kitobni va elektron
ma’lumotlar bazasi yuritilishini ta’minlaydilar. Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga
taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy
davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik
qiladi.
Ish beruvchilar:
majburiy
to‘lovlarni
qonun
hujjatlarida
belgilangan
miqdorlarda va tartibda hisoblab chiqarish va Ish bilan ta’minlash
jamg‘armasiga to‘lashga;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining kreditlashga, haq
to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etishga, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ishsiz deb tan olingan shaxslarni kasbga
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga
ajratilgan mablag‘larini sarflashning maqsadli yo‘naltirilishiga qat’iy
rioya etilishini ta’minlashga;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni
to‘lash bo‘yicha belgilangan shakldagi hisobotlarning ishonchliligini
va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlashga majburdirlar.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi daromadlarini shaklantirish va
uning mablag‘laridan foydalanishni ta’minlash jamg‘armasi
mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
336
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish haqi fondidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgila-
nadigan miqdordagi majburiy ajratmalari, ushbu xarajatlar mahsulot
tannarxiga qo‘shiladi;
tegishli byudjet mablag‘larini shakllantirishda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati
organlari tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika va
mahalliy byudjet mablag‘laridan dotatsiyalar;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi
uchun joylardagi mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda
solinadigan moliyaviy sanksiyalar va qo‘shilgan penyalar summasi;
qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes
subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklari tomonidan ochilgan
kredit liniyalaridan foizlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.
Quyidagilar Ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga ajratmalar
to‘lashdan ozod etiladilar:
nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli o‘quv-ishlab
chiqarish va ishlab chiqarish korxonalari;
protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga
protez qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan
korxonalar;
tarbiya va ta’lim muassasalari huzuridagi o‘quv-ishlab
chiqarish ustaxonalari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari;
byudjet ta’minotidagi teatr-tomosha tashkilotlari.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini jamlash va
ulardan foydalanish uchun banklarda hisob raqamlari ochiladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga
quyidagilar amalga oshiriladi:
mehnat organlarida ishsizlik maqomi olgan va ish qidiruvchi
sifatida ro‘yxatda turgan shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning
malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini mablag‘ bilan
ta’minlash;
337
ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, mehnat organlarining taklifiga
binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tish
uchun kompensatsiyalar to‘lash va qonun hujjatlariga muvofiq
ishsizlarga moddiy yordam berish;
ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlash;
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘l-
gan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslash-
tirilgan ish o‘rinlari (ishlab chiqarishlar) tashkil etish tadbirlarini
mablag‘ bilan qisman ta’minlash;
mehnat organlari ta’minoti, barcha darajalardagi mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini (tuman va shahar
ijtimoiy ta’minot bo‘limlaridan tashqari) joylashtirish uchun binolar
qurish va ularni rekonstruksiya qilish, ularni moddiy-texnikaviy
ta’minlash, kompyuterlar, nusxa ko‘chirish va boshqa zarur texnika
bilan jihozlash;
axborot-ma’lumotlar va reklama-noshirlik ishlarini amalga
oshirish;
demografiya, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya
qilish, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga
solish, mehnatni normalash va unga haq to‘lash masalalari bo‘yicha
normativ-uslubiy va yo‘riqnoma materiallar ishlab chiqishni mablag‘
bilan ta’minlash;
belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy
darajada ijtimoiy kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish, ish bilan
ta’minlash masalalari bo‘yicha aholining ayrim guruhlari o‘rtasida
anketa so‘rovlari o‘tkazish;
respublika va hududiy mehnat bozori axborot tizimlarini
yaratish va ularning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, shu
jumladan, texnika vositalari sotib olish;
ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu
jumladan, ishga joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xiz-
matlari ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash;
338
aholini ish bilan ta’minlashga doir muammolar bo‘yicha
xalqaro hamkorlikni mablag‘ bilan ta’minlash;
ishchi kuchi eksport qilish masalalari bo‘yicha halqaro loyiha
va shartnomalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining
chet ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil
etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq
xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash;
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini ko‘pay-
tirishga yo‘naltirilgan, aholini ish bilan ta’minlashga bevosita
ko‘maklashuvchi tijorat va xo‘jalik hisobidagi faoliyatni amalga
oshirish, mulkchilik va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi
korxonalar tashkil etish;
tijorat banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyalari orqali
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan kichik biznes
subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik
subyektlariga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov, ta’minlash va qaytarish
shartlarida yangi ish o‘rinlari yaratish uchun qisqa muddatli va o‘rta
muddatli kreditlar berish.
Bunda Ish bilan ta’minlash jamg‘armasidan kreditlar ustuvor
tartibda va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
hamda uning hududiy bosh boshqarmalari takliflariga ko‘ra yangi ish
o‘rinlari ustuvor ravishda yaratiladigan hududlarda, uzoqda
joylashgan, borish qiyin bo‘lgan va chegara tumanlarda, murakkab
vaziyatda va ekologik noqulay sharoitli mintaqalarda yangi ish
o‘rinlari yaratish, shuningdek «Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida
ko‘rsatilgan aholining alohida toifalarini ish bilan ta’minlash bilan
bog‘liq maqsadlar uchun beriladi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi hisob raqamlariga:
–
tekshirishlar natijasida majburiy ajratmalarga qo‘shimcha
hisoblangan mablag‘lar so‘mmasidan;
–
mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari buzilganligi uchun undirilgan ma’muriy va moliyaviy
sanksiyalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining
moddiy yordam jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu jamg‘arma
339
mablag‘larini shakllantirish
va
ulardan
foydalanish
tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish
yo‘nalishlari respublika va hududiy darajada ishlab chiqilgan va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ish bilan
ta’minlash dasturlari asosida belgilanadi.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish bosh boshqarmalari hisob raqamlarida yetishmagan
mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi tomonidan Ish bilan ta’minlash
jamg‘armasi mablag‘larining Respublika qismi hisobidan qoplanadi.
Yil boshida zarur hollarda Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi hisob
raqamidagi bo‘sh mablag‘lar Davlat byudjeti taqchilligini qoplash
uchun yo‘naltirilishi mumkin.
Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘laridan qonun
hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |