3. Soliq solinadigan oborotni belgilash
Soliq kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida
ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda
310
solig‘ini to‘lash o‘rniga aylanmadan olinadigan soliq (bundan buyon
ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) to‘lashni nazarda tutadigan
maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.
Soliq kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘r-
satilgan soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga
navbatdagi soliq davridan boshlab o‘tishga haqli. Aylanmadan olina-
digan soliqni to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchilar aylanmadan
olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida soliq hisobida turgan
joyidagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olina-
digan soliqni to‘lashga o‘tilayotgan navbatdagi soliq davri boshla-
nishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Soliq kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida
ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilarning soliq davrida tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million
so‘mdan oshganda, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliqning oshib ketgan
summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tadi.
Soliq kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida
ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan
soliqni to‘lash o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini
to‘lashga o‘tishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka
tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz
million so‘mdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi.
Bildirishnoma
ushbu
moddaning
to‘rtinchi
qismida
ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi
tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi.
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini
ko‘rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibini
tanlash huquqiga ega.
311
Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashni
Soliq kodeksning 237-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat
solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun va bir vaqtning
o‘zida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashni rad etishga doir ariza
berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy
ravishda rad etishga haqli.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga
ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri
yakunlari bo‘yicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olgan jami daromadlari bir milliard so‘mdan oshmagan bo‘lsa,
aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan
keyin qayta o‘tishga haqli.
Soliq davri davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olgan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq
to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va
yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish
ro‘y bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab
qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi
ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi
ro‘yxatdan o‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga
bo‘lingan va ro‘yxatdan o‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga
qadar bo‘lgan kunlar soniga ko‘paytirilganda bir milliard so‘mga
teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro‘yxatdan o‘tilgan
yildan keyingi yildan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda
solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari
ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik
xizmatlari ko‘rsatuvchi soliq to‘lovchilar, shu jumladan
telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provaydyerlariga
vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni
realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy aylanmadan (bitim
summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
312
Bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan
inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek,
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori
bo‘lgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi
bo‘yicha xulosa kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan
boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga
o‘tadi.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan
ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik
shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida
xulosa berishga vakolati bo‘lgan vakolatli organning xulosasi
chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran
qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan
obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno)
bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma
rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran
qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Soliqni to‘lash soliq to‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
Soliq kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq
agentining majburiyatlarini bajarishdan;
agar Soliq kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa,
hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va
sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar (bundan buyon
ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar
e’tirof etiladi:
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston
Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu bo‘limda
yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard
so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq
etilmaydi:
313
1) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali
tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
2) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab
chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxslarga;
3) yuridik shaxslar – qishloq xo‘jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq
sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga
oshiruvchi yuridik shaxslarga;
5) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan
ishonchli shaxsga – oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga
oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
7) bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan
inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek,
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori
bo‘lgan yuridik shaxslarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi
bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan
obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni
bajaruvchi yuridik shaxslarga.
Dostları ilə paylaş: |