Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar.
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish. 
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon amaliyotida oxirgi 50 yildan 
buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Mohiyatan QQS iste’mol solig‘idir. 
QQS mahsulotlarni sotish yoki xarid qilib olishdagi qo‘shilgan 
qiymatdan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasida QQS milliy soliq tizimini halqaro 
tizimlarga uyg‘unlashtirish maqsadida kiritilgan bo‘lib, davlat 
byudjeti- ning deyarli 50% uning hissasiga to‘g‘ri keladi. 
QQS tartibga solishning huquqiy hujjati O‘zbekiston Respublika- 
sining Soliq kodeksi hisoblanadi (237-238 moddalar). 


297 
QQS tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish 
jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qsmining byudjetga ajratilishi- 
dir. 
QQS solig‘i to‘lovchilari.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qiluvchi quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
to‘lovchilar deb e’tirof etiladi (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq 
to‘lovchilar deb yuritiladi): 
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
daromadi soliq davrida bir milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy 
ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar; 
3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi 
e’tirof etilsa; 
4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar 
orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari; 
5) 
oddiy 
shirkat 
shartnomasi 
(birgalikdagi 
faoliyat 
to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat 
bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga 
yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi; 
6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali 
tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. 
Quyidagilar soliq to‘lovchilar hisoblanmaydilar: 
1) davlat hokimiyati va boshqaruv organlari – o‘z zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida; 
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin