499
urta fondini tashkil qilish, sarflash va sug‘ urta operatsiyalarini o‘tkazish
uchun davlat lisenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar.
Tartibga soluvchi daromadlar (регулируемые доходы/
Adjustable incomes)
– bu yuqori byudjet lardan quyi byudjet ga,
ularning daromad va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish)
maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasi.
Tezkor boshqarish (оперативное управления/Operative
managements)
– mavjud moliyaviy holatni tezkor (operativ) tahlil qilish
asosida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida minimal
xarajat qilib maksimal samaraga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar
yig‘indisi.
Tekshirish (проверка/Checking) –
hisobot, balans va xarajat
hujjatlari asosida korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining alohida
masalalariga baho berish, moliya intizomining buzilgan nuqsonlarini
aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va salbiy holatlarni
takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ko‘zda tutuvchi
nazorat usuli.
Dostları ilə paylaş: