Kirish.
Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim
tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda.
Jumladan, axborotlashtirilgan
multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga joriy etish orqali
o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘ liq va mukammal ravishda
singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan
tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning
o‘ziga xos afzalliklari ham bor.
Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
− ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi;
− o‘quvchini izlanishga undaydi;
− o‘quvchi ta’lim jarayonini bir vaqtning o‘zida ko‘radi,
uni eshitadi,
o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq
yetkazib beriladi;
− o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;
− o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;
− mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat
tug‘iladi;
− ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni
− o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi;
− o‘z-o‘zini namoyish etish imkoniyatini beradi, ta’lim mazmunini
yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi. Shuning
bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning va o‘quvchi-
yoshlarning ma’naviy tarbiyasi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib,
shu orqali
jamiyat ma’naviyatini shakllantirishga erishish mumkin.
Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion vositalaridan
foydalanish
jarayonida
o‘quvchi-yoshlarning
mafkuraviy
immunitetini
shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash
kerak, ya’ni oilada farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash
zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib takomillashib boraveradi.
Shuning uchun ham farzandlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va uni
yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimida
olib boriladi. Qolaversa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fani mazmuniga Vatan
tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar
ongiga
singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, saranjom-sarishtalik,
odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib borish lozim.
O‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishni quyidagi uch yo‘nalishda olib
borgan ma’qul: O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar.
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish.
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning multimediali ta’lim texnologiyalarini
ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish. Shuningdek,
multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy
afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa,
videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi;
“Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng bo‘ladi va
undan har
tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy
munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida ularga ishonchni shakllantiradi;
o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil
qiladi; o‘z-o‘zini
namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va mulohazalarga
diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi fikr-mulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga
ruhan tayyor bo‘ladi.
Bugungi kun o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham
katta farq bor. Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat
mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ro‘y berayotgan
yangiliklardan vaqtida
xabardor bo‘lishi, o‘z sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga
tatbiq etishi, faqat darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga
anglata bilishi, o‘z ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira
borishi lozim. Donishmandlarimiz aytganidek: «O‘qitish — ikki barobar o‘qish
demakdir». Demak, har bir o‘qituvchi-murabbiy bu o‘gitga amal qilar ekan, aslo
kam bo‘lmaydi. Eng katta farq esa hozirgi kun o‘qituvchisining ish faoliyati
innovatsion
axborot texnologiya dunyosi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalanish, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni borligida. O‘qituvchilik
kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular qatoriga bola ruhiyatini
o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish, o‘quvchilari qalbida o‘z
faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota-onaga, do‘stlariga nisbatan
mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining oilaviy sharoitini o‘rganib,
otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni kiritish mumkin.
Biz o‘qituvchilar yosh
avlod ongiga shakl beruvchi, ularni yuksak
pog‘onalarga olib chiquvchi sharafli kasb egalari ekanligimizni ham unutmasligimiz
kerak. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart
hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini mustaqil bildira olish, og‘zaki
va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon qadar yuqori darajasini egallashlarida
ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning zimmasidagi mas’uliyatning bir
ko‘rinishidir. O‘qituvchi xalqi shunday xalqki, u har bir o‘quvchisini o‘z
farzandidek qabul qiladi, uning yutug‘idan to‘libtoshib faxrlanadi, iztirobiga bab-
baravar sherik bo‘ladi. Ba’zi hollarda ayrim o‘quvchilarning og‘ir oilaviy sharoiti,
ota-onasi qaramog‘ida emasligi va bu uning tarbiyasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotganligi, ba’zan bolalar tarbiyasi faqat maktabdagina nazorat ostida
bo‘lishi, bunday o‘quvchilarning muntazam darslarda qatnashmasligi kabilar
o‘qituvchilarimiz dilini xiralashtiradigan
jihatlar hisoblanadi, chunki o‘qituvchi
uchun bolaning begonasi bo‘lmaydi, u barchasini o‘z farzandidek ko‘rib yashaydi...
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni
muntazam ravishda olib borish lozim.
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham
ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga
mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan
kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak
pedagogik mahorat talab etiladi.