Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning 
turkumlanishi 
 
Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlangan davrida 
paydo bo‘lganligi va ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida u xo‘jalik 
mexanizmining eng barqaror va yo‘lga quyilgan qismlaridan biri 
hisoblanishi haqidagi ma’lumotlarni oldingi ma’ruzalarda aytib 
o‘tgan edik. Xuddi shunday, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar 
bozorini paydo bo‘lishi, davlat korxonalarini xususiylashtirish va 
aksiyadorlik korxonalariga aylantirish jarayoni bilan bog‘liq.
Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan: 
- birlamchi bozorlarga 
shaklan esa:
- ikkilamchi bozorlarga 


38 
- birjaviy bozorlarga
- nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi. 
Endi shu bozorlarni har birini alohida ko‘rib chiqamiz. 
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlar 
emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni 
qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki 
sarmoyadorga sotish bozoridir. 
Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarni takror chiqarilishi 
(masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emis-
siyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi. 
Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan 
axborotni oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumot 
beriladigan emissiya prospektini yoki qimmatli qog‘ozlarni 
muomilaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan 
tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi 
maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni 
joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. Qimmatli 
qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida 
emitent to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qilgan holda qimmatli 
qog‘ozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan 
imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq, obuna shaklida faqat 
tegishli davlat boshqaruv idorasiga ma’lum qilgan qoida qimmatli 
qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish 
yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan 
va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar 
oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozoridir. 
Uning funksiyasi qimmatli qog‘ozlarning oldi – sotdisini tezkorlik 
bilan ta’minlashdir. Bunda sotuvchi va xaridorni uchrashtirish, bo‘sh 
kapitalni iqtisodiyotni eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar 
qilish, tomonlarning o‘zaro manfaatlarini ta’minlash ikkilamchi 
bozorning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. 
Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlik 
hisoblanadi. 
Yuqori likvidlikka ega, ya’ni qisqa vaqt ichida juda katta 
miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni, ularning kursini sezilarsiz 


39 
o‘zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi-sotdiga jalb qila olishdir, 
yoki boshqacha qilib aytganda, 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin