2. Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond
birjasi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, bizning Respublikamizda
qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari amal qiladi:
Aksiyalar;
Obligatsiyalar;
Depozit sertifikatlari;
44
Depozit tilxatlari;
Veksellar.
Aksiyalar, obligatsiyalar va deposit sertifikatlari aks ettiriladigan
rekvizitlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi qoshidagi
«Qimmatbaho qog‘ozlar bozorini koordinatsiyalash va nazorat qilish
Markazi» depozit sertifikatlari va veksellarda aks ettirilgan
rekvizitlarni esa O‘zbekiston Respublikasi Markziy banki belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlar nomi (egasi) yozilgan va taqdim etuvchiga
tegishli bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar basharti mulkiy
huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish
uchun emitent (qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi) tomonidan yoki
uning topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlar kasb faoliyatini
amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd
etish zarur bo‘lsagina egasi yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qim-
matli qog‘ozni bir mulkdordan ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi
tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.
Qimmatli qog‘ozlar basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik
qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli
qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi etarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga
tegishli hujjatlar deb hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli
qimmatli qog‘ozlar erkin muomaladi bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalar
hisoblanadi.
Aksiya bu aksiyadorlik jamiyatining Ustav fondiga yuridik yoki
jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi,
aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi
kamida unga dividend olish va odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda
qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan
qimmatli qog‘ozdir.
Boshqacha qilib aytganda, aksiya aksiyadorlik jamiyat chiqargan
qimmatbaho (daromad keltiruvchi) qog‘oz. Aksiya o‘z egalariga,
ya’ni aksiyadorlarga hissadorlik jamiyati ixtiyoridagi umumiy
mulkdan o‘ziga tegishli ulushiga huquqi borligi to‘g‘risida guvohlik
beradi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan aksiya blankalarining
majburiy rekvizitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
45
Aksioner jamiyatining nomi va joylashgan manzili;
Qimmatli qog‘ozning nomi «Aksiya»;
Navbatdagi nomer;
Chiqarilgan vaqti;
Aksiya turi (oddiy va imtiyozli);
Nominal qiymati va toifasi;
Egasining nomi.
Aksiya chiqarilgan aksioner jamiyatining Ustav fondining
miqdori;
Muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni;
Imtiyozli aksiyalar uchun to‘lanadigan dividend miqdori va
to‘lash muddati;
Aksoner jamiyati ijroiya organi rahbarining imzosi (boshqaruv,
direksiya).
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan korxonaning muhri. Aksiyalar
davlat tilida to‘liq yoziladi. Jamiyat a’zolarining xohishiga ko‘ra
boshqa tillarda ham yozilishi mumkin.
Aksiyalar egasining ismi yozilgan va yozilmagan, imtiyozli va oddiy
bo‘lishi mumkin. Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini
ro‘yxatga olish daftariga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi
yozilgan aksiyaning sohibi bo‘lishi aksiyador deb e’tirof etiladi. Egasi
yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining ro‘yxatga olish daftariga
kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning
egalariga dvidendlar olish, jamiyatning umumiy yig‘ilishlarida va
jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiya egalari dvidendlarni, shuningdek, aksiyadorlik
jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi
navbatda olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksiyalar ularning
egalariga, korxona foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qa’tiy nazar,
muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi
yoziladigan aksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga
o‘tkazish tartibi ustavda belgilanib qo‘yiladi. Yopiq turdagi
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlariga aksiyalar o‘rniga ularning
nominal qiymatiga teng so‘mmada sertifikatlar berishi mumkin.
46
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va
joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlarni to‘lash tartibini har bir
aksiyadorlik jamiyati o‘zining Ustaviga asosan amalga oshiradi.
Aksiya bo‘linmasdir. Bu degani aksiyaga bir necha kishi egalik
qilishi mumkin (masalan, er va xotin). Lekinda aksioner jamiyatining
yig‘ilishida ular bir ovozga ega bo‘ladi.
Aksiya mulkka egalik qilish huquqini shartli ravishda beradi. U
zayom emas. Aksiyada qoplash muddati ko‘rsatilmaydi. Aksiya ega-
sining javobgarligi faqat uning ixtiyoridagi aksiya miqdori bilan
chegaralangandir. Shuning uchun ham u jamiyat uchun javob bermaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksi-
yadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida aksiyador-
ning huquqlari batafsil yoritilgan. Qonunga ko‘ra aksiyadorlar:
–
jamiyat mablag‘iga qo‘shgan hissasini va shunga muvofiq
topilgan foydaning bir qismini dividend tariqasida olishi;
–
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qarorlarni ishlab
chiqarishda ovoz berish, mazkur hissadorlik jamiyatining sotib
olishda ustunlik qilish;
–
inqirozga uchragan chog‘da hissadorlik jamiyatining bir
bo‘lagiga egalik qilish;
–
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida
uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish va h.k.
Bu huquqlar aksiyalarning xillariga qarab o‘zgarib turishi
mumkin. Masalan: oddiy aksiyalar egalari jamiyat Ustaviga muvofiq
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida barcha masalalar bo‘yicha ovoz
berish huquqi bilan ishtirok etsa, imtiyozli aksiyalarning egasi
bunday huquqga ega emas va h.k. Aksiyalarni boshqa shaxsga mulk
qilib o‘tkazish mumkin. Bu holda egasi yozilgan aksiyalar (sotib
olinishi, hadya qilinishi, meros bo‘lib o‘tganda) egasining
o‘zgarganini qayd etuvchi organ aksiya yangi egasining ismi yoki
nomini kiritadi. Aksiyadorlik jamiyati ma’lum bir vaqt o‘tgandan
keyin aksiyalarni qayta sotish, o‘z xodimlari orasida tarqatish yoki
bekor qilish maqsadida aksiyadorlardan ularni sotib olish ham
mumkin. Chunki aksiyalar ko‘pi bilan bir yil ichida joylashtirilishi
lozim. Ana shu davr ichida dividendlarni taqsimlash, shuningdek,
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish va kvorumni
47
aniqlash jamiyat sotib olgan o‘z aksiyalarini hisobga olmagan holda
o‘tkaziladi.
Jamiyat o‘z aksiyalarini mustaqil ravishda yoki investitsiya insti-
tutlari orqali sotib olishi mumkin. Aksiyalar chiqarilganda ularning
nominal aksiyada ko‘rsatilgan, (masalan, 100 dollar, 500 dollar, 100
so‘m va h.k.) qiymati bo‘ladi, lekin ular bozor narxida sotiladi, narx
nominal qiymatidan yuqori yoki past bo‘ladi. Bozordagi talab va
taklifga qarab aksiyaning bozor narxi shakllanadi, bunga bozor kursi
deb ataladi. Bozor kursi yoki narxini belgilanishi qimmatli qog‘ozlar
katirovkasi deyiladi va u fond birjasida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarning bozorda yaxshi sotilishi korxona, firma
uchun o‘zgalar pulini moliyaviy resursga va so‘ngra kapitalga
aylantirib, o‘zining mavqeini mustahkamlab yaxshi foyda olishga
imkon beradi. Aksiya kursiga ta’sir etuvchi omilar turlicha bo‘ladi.
Germaniya mutaxassislari fikriga ko‘ra unga iqtisodiy, siyosiy va
ruhiyat omillari ta’sir etadi.
Firma emitent sifatida qimmatli qog‘oz sotsa, xaridor sifatida uni
bozordan sotib ham oladi. Odatda firma o‘zi bilan yaqin iqtisodiy
aloqada bo‘lgan firmalar, banklar, sug‘urta va investitsiya
kompaniyalari aksiyalarini va davlat obligatsiyalarini yoki ko‘proq
o‘z mahsulotlarini sotib oluvchi yoki unga kerakli resurslarni
sotuvchi korxonalar aksiyasini sotib oladi, chunki ular bir birlarining
yaxshi moliyaviy ahvolidan o‘zaro manfaatdor bo‘ladilar.
Bozor munosabati sharoitida xo‘jalik subyektlari moliya jihatdan
ham o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak, ammo ular foyda ko‘rib rentabelli
ishlashi, foyda hisobidan o‘z moliya resurslarini orttirib borishlari ham
shart, bu siz ular raqobatga bardosh bera olmaydilar. Demak,
moliyaviy baquvvat bo‘lish raqobatchi chidamli bo‘lishi demakdir.
Dostları ilə paylaş: |