56
5-MAVZU: MOLIYAVIY BOSHQARUV
Reja
1.
Moliyaviy boshqaruv.
2.
Moliyaviy rejalashtirish.
3.
Korxonani moliyaviy boshqaruv tizimida rejalashtirish va
tahlil.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy taktika, boshqaruv, boshqaruv
obyekti, subyekti, moliyaviy apparat, moliyaviy rejalashtirish.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Moliyani
boshqarish va rejalash-
tirishni tavsiflash.
O‘qitish vositalari:
yozuv doskasi, turli plakatlar,
taqdimot
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar:
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va
shu kabilar.
O‘qitish usullari:
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan
tanishtirish, suhbat,
mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob
berish. O‘qitishning zamonaviy
pedagogik texnologiyalarini
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni
qo‘shimcha yoritish.
1. Moliyaviy boshqaruv
Boshqaruv
– bu ma’lum bir natijaga erishish uchun obyektga
ta’sir etishning maqsadli uslublari va yo‘llari yig‘indisidir.
Boshqaruv jarayoni inson faoliyatining barcha sohalariga, shu
jumladan moliyaviy sohasiga ham taalluqlidir.
Boshqarish,
insonlarning ongli ravishdagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati
sifatida, jamiyat rivojlanishining obyektiv
qonuniyatlarini bilishga
asoslanadi. Shu bilan birgalikda, boshqarishga
davlat tegishli
boshqarish tuzulmalari orqali katta ta’sir o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: