57
xizmati, davlatning moliya organlari va davlat soliq xizmati
hisoblanadi.
Moliyaviy boshqaruv faoliyatining
muhim sohasi moliyani
boshqarish hisoblanadi. Uni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda
turli rag‘batlantirish va jazo (sanksiya)larga tayanib maxsus apparat
amalga oshiradi. Boshqaruv faoliyati – oldinga qo‘yilgan masalalarni
tezroq hal qilish maqsadida mavjud usullar orasidan eng samaraligini
tanlash yoki qo‘llanilayotgan usullardan oqilona foydalanish uchun
shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo‘lgani kabi, moliyani
boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo‘ladi. Moliyani
boshqarishning obyekti bo‘lib turli
moliyaviy munosabatlar
hisoblanadi; subyektlari esa, boshqarishni amalga oshiruvchi
tashkiliy tuzulmalar hisoblanadi.
Moliyani boshqarishni
amalga oshiruvchi barcha tashkiliy
tuzulmalar yig‘indisi moliyaviy apparat deyiladi.
Davlat moliyasini boshqarishning maqsadi moliya siyosati
shartlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Aynan samarali moliya
siyosati bevosita moliyaning o‘ziga (boshqaruv obyektiga) yuklatil-
gan ishning aniq bir usullari bilan, moliya tizimi organlarini (bosh-
qaruv subyektlarini) tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa-
rishning potensial imkoniyatlarini yaxlit birlashtirish imkonini
beradi.
Aksariyat mamlakatlarda moliya siyosati
institutsional moliya
tizimi orqali amalga oshiriladi. Ularning faoliyati moliyaning
bo‘g‘inlarini, xususiyatlarini, barcha moliya
muassasalari funksiya-
larini uslubiy umumiyligini hisobga olgan holda boshqarishning
barcha quyi organlarini markazlashgan boshqaruvda faol ishtirok
etishini hisobga olgan holda moliyani boshqarishga yo‘naltiriladi.
Moliya siyosatini yuritish va mos ravishda moliyani boshqarishning
yakuniy maqsadlarga bog‘liqligi, barcha xo‘jalik
tarmoqlarining
makroiqtisodiy balanslashuviga erishish, jamiyatning barcha a’zolari
manfaatlariga mos kelishi, iqtisodiy qonunlardan foydalanish, real
imkoniyatlar asosida ichki va tashqi
iqtisodiy hamda siyosiy
sharoitlarni hisobga olish kabi asosiy uslubiy tamoyillarga
asoslanadi.