76
xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab
chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday
darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy
funksiyalari quyidagilardan iborat:
ishlab
chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va
qidiruv faoliyatlarini hamda loyihalarni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish tannarxini rejalashtirish;
pul oqimlarini rejalashtirish;
butun xo‘jalik yurituvchi
subyekt doirasida foydani
rejalashtirish (bashoratlash);
investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar
quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin:
uzoq muddatli moliyaviy rejalar;
qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat
o‘zining qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish
maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik
nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa,
qisqa muddatli moliyaviy
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy
to‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huqu-
qi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari (aspekt-
lari) qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona
butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning
instrumenti
sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning
moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida
moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:
77
bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini
o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish,
to‘g‘ri va boshqalar) hisob-kitob qilish.
Bu yerda marketing
tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga
olish muhim ahamiyat kasb etadi;
pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va
moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi,
debitorlik va kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, moliq to‘lovlarini
optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat
qilinishini taqoza etadi;
zaruriy
investisiyalarning
hajmi,
ishlab
chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha
moliyaviy resurslarning hajmi, ularning
samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: